Las-Vegasda eng so‘nggi innovatsion g‘oyalar namoyish qilinmoqda

Las-Vegasda eng so‘nggi innovatsion g‘oyalar namoyish qilinmoqda

6 yanvarda AQSh ning Las-Vegas shahrida axborot texnologiyalari hamda texnologik yechim va xizmatlarga bag‘ishlangan CES-2018 -- elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Bu yil mazkur tadbirda ishtirok etayotgan kompaniyalar soni rekord darajaga yetdi -- 4 mingdan ziyod!

Avvaliga elektronika texnikalari taqdim etilgan ko‘rgazmada so‘nggi yillarda sun’iy intellekt, avtotransport, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi innovatsion texnologiyalar namoyish etilmoqda.

Sun’iy intellekt

2017 yilda LG sovutkichlariga Amazon kompaniyasining Aleksa ovozli yordamchisi joriy qilingan edi. Ayni paytda soat, avtomobil, robotlarda ham Aleksa tizimi o‘rnatilmoqda. Bu yil esa LG televizorlarida Googlye kompaniyasining virtual yordamchisi tatbiq qilinadi.

Amazon bu yil Aleksaga taom tayyorlash sirlari ham o‘rnatgan. Endi uning yordamida foydalanuvchilar xohlagan taomlarini mustaqil tayyorlashlari mumkin. Ayrim kompaniyalar esa mijozlarga Aleksa yordamida uydagi jihozlarni, jumladan chiroqlarni boshqarish tizimlarini joriy qilishmoqda.

Sog‘liqni saqlash

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda sog‘liqni saqlash uchun jahon miqyosida 9 trillion AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ sarf qilinayotgan ekan. Bu xarajatlarning bir qismi innovatsion g‘oyalar uchun ham ajratilmoqda.

Misol uchun, ICI Vision kompaniyasi ishlab chiqqan ilg‘or ko‘zoynaklardagi mitti kameralar ko‘z qorachiqlarida muammolari bor odamlarga yordam beradi.

Samsung kompaniyasining Relumino ko‘zoynagi smartfonlar bilan aloqa bog‘lab, ko‘rish qobiliyati past bo‘lganlarga tasvirni aniq tiniq ko‘rish imkonini beradi.

"Aqlli uy"

Crownstone kompaniyasi taqdim qilayotgan yangi texnologiya orqali chiroqlarni boshqarish mumkin.

Miliboo kompaniyasi esa "aqlli divan"ni ilgari surmoqda. Bu divan mobil qurilmalarni quvvatlaydi va sizga televizor qarshisida qancha qolib ketganingizni ma’lum qilib turadi.

Cherry Labs esa xavfsizlikni ta’minlaydigan kamera va ovozli datchiklarni taqdim qilmoqda. Bu tizim oiladagi a’zolarning harakatlarini aniqlab, ularning qanchalar faol ekanini infografika yordamida aks ettiradi.

Televizorlar

LG esa Las-Vegasga yangi avlod televizorlari bilan tashrif buyurgan. 8K sig‘imli gadjetlar yuqori sig‘imli. Hozircha bunaqa kontentga ega video va tsvirlar mavjud emas. Ayni paytda 4K standarti ommalashgan.

Televizor ishlab chiqaruvchilari teleekranlarni imkon qadar yorqin qilish va yorug‘ligini oshirish, tasvirni HDR formatida uzatish ustida izlanishlar olib borishmoqda.

Transport

Bu yil yangi elektromobil va uchuvchisiz boshqariladigan uchar jismlar yili bo‘ladi. Ford Motors kompaniyasi rahbari Djim Hakett kompaniya bu anjumanda sensatsion ishlanmani namoyish qilishini aytgan.

Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi esa vodorod yoqilg‘isida yuradigan sport avtomobilini taqdim qiladi.

Nissan esa avtomobilni boshqarishning o‘ziga xos interfeysini namoyish qiladi. Uning yordamida miyadagi elektr signallarni hisoblash va bu orqali haydovchining harakatini oldindan bilish mumkin.

Amerikaning Fisker kompaniyasi esa anjumanga bir martalik quvvat bilan 643 chaqirim yo‘l yuradigan elektromobilni olib kelgan. Uning bahosi 129 ming dollar.

Yamaha esa avtopilot elektromototsiklini namoyish qiladi. Bu transport vositasi soatiga 120 km masofaga ucha oladi.

Surefly firmasi esa 2 yo‘lovchiga mo‘ljallangan uchuvchisiz oktakopterini namoyish qilish huquqini olgan.

An’anaga muvofiq, Las-Vegasda bu yil ham tomoshabinlarni hayratga soluvchi ixtirolar bo‘ladi.

Ular orasida quyidagilar bor:

Shapescale - odam tanasini skaner qilib, uning holati va jismoniy harakatni nazorat qiluvchi tarozi;

D Free - salomatlikni nazorat qiluvchi va bu to‘g‘rida shifokorga ma’lum qiluvchi sensorlar tizimi;

Biowatch - venaning urishiga qarab, inson shaxsini aniqlaydigan tizim. Uning yordamida smart-soat yoki smartfon tizimlariga kirish mumkin.

Emojime - miyadagi elektr signallarni aniqlab, ularni displeyda animatsion shakllarga aylantiradigan sensorlar. Ular odamning kayifyatini ham namoyish qilishadi.

Ko‘rgazmani biz orqali kuzatishda davom eting.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!