LeEco 8 GB tezkor xotiraga ega smartfon chiqaradi

LeEco 8 GB tezkor xotiraga ega smartfon chiqaradi

Bundan bir necha kun avval Rossiyada rasmiy faoliyatini boshlagan Xitoyning LeEco kompaniyasi 21-sentyabrda yangi LeEco Pro 3 gadjetni namoyish qilishi haqida e’lon tarqatgan. Bu haqda hi-tech.mail.ru nashri xabar bergan.

MyDrivers insayderlik resursi Weibo tarmog‘ida mazkur smartfonning ikkita versiyasiga tegishli rasm va texnik parametrlarni aniqlagan.

Modellar tezkor va doimiy xotira, akkumulyator sig‘imi, ekran kattaligi, kamera aniqligi va narxi bilan bir-biridan ajralib turadi. Biroq har ikkala model bir xil – Qualcomm Snapdragon 82 protsessorida ishlashi kutilmoqja.

LeEco Pro 3 texnik parametrlari:

  • Tezkor xotira: 6 / 8 GB
  • Doimiy xotira: 64 / 256 GB
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 821
  • Asosiy kamera: bittaligi – 16 MP/ ikkitaligi – 13 MP
  • Old kamera: 8 /16 MP
  • Ekran: Quad HD, 2.5D-oyna, 5,5 / 5,7 dyuym
  • Akkumulyator: 4070 / 5000 mA/st
  • Barmoq izi skaneri: tatbiq etiladi

Hozircha yangi modellarning narxi borasida ma’lumot berilmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!