Lenovo ilg‘or ultrabuklar “kushandasi” Air 13 Pro’ni e’lon qildi

Lenovo ilg‘or ultrabuklar “kushandasi” Air 13 Pro’ni e’lon qildi

Bugun Xitoyda nafaqat smartfon, balki noutbuk ishlab chiqarish sanoatida ham kuchli raqobat kuzatilmoqda. Shu vaqtga qadar smartfon foydalanuvchilari uchun borayotgan “jang” endi noutbuk ishqibozlari uchun ham boshlandi.

Avval xabar berganimizdek, 27 iyul kuni Xiaomi kompaniyasi Apple MacBook Air ultrabukining xioycha alternativi — Mi Notebook Air gadjetini namoyish qilgan edi. Undan 1 kun o‘tar-o‘tmas Lenovo birato‘la ham Apple MacBook Air, ham Mi Notebook Air’ning “kushandasi” bo‘lgan, nomi va ko‘rinishi ularga o‘xshash Lenovo Air 13 Pro ultrabukini e’lon qildi.

Yana bir qiziq jihati, to‘liq metall korpusli Lenovo Air 13 Pro noutbukining narxi ham xitoylik raqibi bilan bir xil: uning boshlang‘ich buyurtma bahosi $750 dollar. Ya’ni, Apple MacBook Air’dan 300 dollarga arzon. Sotuvga esa eng qimmat talqini 825 dollargacha bo‘lishi mumkin.

Batafsil: «Xitoycha MacBook Air» Apple’nikidan $300 dollar arzonga sotiladi.

Ammo, ekspertlarning fikricha, Lenovo ultrabuki raqiblaridan bir oz kuchsizroq. Misol uchun, Xiaomi’dan farqli ravishda Lenovo yangi noutbukining eng oddiy talqiniga 8 GB emas, 4 GB tezkor xotira o‘rnatgan. Shu bilan birga, unga o‘ziga xos ilg‘or jihat — barmoq izlari skaneri tatbiq qilingan.

Lenovo Air 13 Pro’ning boshqa jihatlari Xiaomi Mi Notebook Air va Apple MacBook Air bilan bir xil, ya’ni:
Ekran: 13,3 dyuymli, IPS platforma, sig‘imi Full HD (1920 x 1080 pikseley);
Protsessor: Intel Core i5-6200U / Intel Core i7-6500U;
Videokarta: Nvidia GeForce GT940MX
Tezkor xotira: 4 GB / 8 GB DDR4
Doimiy xotira: 256 GB / 512 GB SSD
Operatsion tizim: Windows 10
Korpusdagi portlar: 2 ta USB 3.0, audio 3,5 mm va USB-C;
Korpus qalinligi: 14,8 mm;
Vazni: 1,29 kg.