Lenovo metall dizaynli Moto G5&G5 Plus’ni taqdim qildi

Lenovo metall dizaynli Moto G5&G5 Plus’ni taqdim qildi

Lenovo rasman Moto G5 va Moto G5 Plus nomli 2 ta Android 7.0 Nougat operatsion tizimiga ega yangi smartfonlarini taqdim qildi. Moto brendi ostida sotiladigan “G” turkumi smartfonlari odatda xaridorgir. Shu bilan birga, narx-navoda ham hamyon ko‘taradigan. Bu yil Lenovo bu turkum smartfonlarini metall dizayn asosida yuqori flagmanlar ko‘rinishida bezadi.

Alyuminiydan tayyorlangan orqa panel G5 to‘g‘risidagi ilk ijobiy taassurotni shakllantiradi. Shuningdek, 5 dyuymli keng ekran ham ayni muddao. G5 Plus esa bir oz kattaroq 5.2 dyuymli ekranga ega. Har ikkala ekran sig‘imi Full HD 1080p.

G5 smartfoni Snapdragon 430 protsessori, G5 Plus esa Snapdragon 625 protsessoriga ega. G5’ning kamerasi 13 megapikselli bo‘lib, uning yorug‘lik o‘tkazuvchi optik priborining hajmi f/2.0. Kamera avtofokus tizimi bilan ta’minlangan. G5 Plus 12 megapikselli, f/1.7 hajmidagi optik pribori bo‘lgan kameraga ega. U 4K sig‘imdagi video suratga oladi. G5 esa Full HD sig‘imli video oladi. Har ikkala smartfon 5 MP selfi kameralar bilan ta’minlangan.

G5 16 yoki 32 GB doimiy xotira va 128 GBgacha xotira kartasini o‘qiydigan microSD bo‘lmasiga ega. G5 Plus’da esa 32 yoki 64 GB doimiy xotira mavjud. Ularga 2 va 4 GB tezkor xotiralar o‘rnatilgan. G5 2,800 mA soat, G5 Plus 3,000 mA soat tok sig‘imli akkumulyator qo‘yilgan.

Moto brendi smartfonlarining o‘ziga xos jihati ularning qo‘l imo-ishoralarini tushunishidir. Misol uchun, barmoq ishoaralir orqali kamera suratga olishi mumkin. Qolaversa, gadjetlar yaqinda Google Assistant virtual ovozli yordamchisiga ham ega bo‘lishadi. NFC texnologiyasi orqali yaqin masofada elektron to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

G5 va G5 Plus mart oyidan xalqaro bozorga chiqariladi. Moto G5’ning 2/16 GB talqini 199 yevrodan, G5 Plus’ning 2/32 GB talqini $229 dollardan sotiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!