Lenovo  “Terminator nigoh”li smartfonni taqdim qildi

Lenovo  “Terminator nigoh”li smartfonni taqdim qildi

Tasavvur qiling: “aqlli telefon”ingiz sizga yon-atrofdagi moddiyat, jismlar, xususan xona o‘lchami, eshik va derazalar, xonadagi odamlar to‘g‘risida ma’lumot bersa. Yoki supermarketga borganingizda telefon sizga olma yoki meva-chevalarning qayerda ekanini aytsa.

Lenovo 9 iyun kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan taqdimotlari doirasida mana shunday sezgir, “‘Terminator nigoh”li Tango smartfonini taqdim qildi. Google’ning 3 yillik izlanishlari mahsuli bo‘lgan Tango loyihasi xona sharoitida masofa va o‘lchamlarni aniqlash, atrofdagi jism va borliqning 3D xaritasini shakllantirishga mo‘ljallangan.

Bu texnologiyaga ega telefonlardagi GPS tizimi foydalanuvchining manzilini qayd etadi.

Texnologiyani keyinchalik elektron voqelik sayohatlarida, video o‘yinlarda tatbiq qilish mumkin bo‘ladi. Lenovo’ning PHAB2 Pro smartfoni buning uchun har biri alohida vazifani bajaruvchi 4 ta kamera, dasturiy ta’minot va sensorlar bilan ta’minlangan.

Bu texnologiya 1984 yilda ekranlarga chiqqan “Terminator” filmidagi bosh qahramonning qobiliyatiga qiyoslanib, “Terminator nigohi” deya atalgan.

“Tango fon”ni joriy yilning sentyabr oyida 499 AQSh dollaridan sotuvga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.