LG barcha maishiy texnikacini Wi-Fi aloqa bilan ta’minlamoqchi

LG barcha maishiy texnikacini Wi-Fi aloqa bilan ta’minlamoqchi

LG kompaniyasi o‘ziga tegishli deyarli barcha maishiy texnika vositalarini internet buyumlar infratuzilmasiga qo‘shmoqchi, deb xabar bermoqda 3D News sayti.

Ars Technica nashrida berilgan xabarda yozilishicha, LG vitse-prezidenti Devid Vandervaal joriy yildan boshlab uy uchun mo‘ljallangan barcha LG texnika qurilmalari ilg‘or Wi-Fi texnologiyasi bilan jihozlanishi haqida ma’lum qilgan. Bu esa barcha LG maishiy texnika vositalariga internetga ulanish, o‘zaro ma’lumot almashish, ularni masofadan boshqarish imkoniyatini beradi.

Birinchi bosqichda faqat premium segmentdagi texnika jihozlariga bunday aloqa moduli o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda. Janubiy Koreya kompaniyasi bundan bir necha kun ilgari yakuniga yetgan CES 2017 ko‘rgazmasida LG Smart InstaView nomli simsiz aloqa moduli bilan jihozlangan sovutgichni namoyish qildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!