LG G5’ning maxsus “SE” talqini tez kunlarda MDH davlatlarida ham sotiladi

LG G5’ning maxsus “SE” talqini tez kunlarda MDH davlatlarida ham sotiladi

LG G5 flagman martfonining soddalashtirilgan talqinida 4 GB tezkor xotiraga ega 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 820 kuchli protsessori o‘rniga 8 yadro, 3 GB tezkor xotirali Qualcomm Snapdragon 652 protsessoridan foydalaniladi. Bu esa kutilganidek qurilma narxining arzonlashuvi hamda MDH mamlakatlaridagi foydalanuvchilar e’tiborini jalb qilishga xizmat qiladi.

“LG G5 SE” deb nom olgan bu talqin hali rasman taqdim etilmagan. Uning boshqa jihatlari LG G5 smartfoniniki bilan bir xil. Shuningdek, smartfonning mazkur “arzon varianti” MDH bilan birga, Lotin Amerikasi, Xitoy davlatlarida sotuvga chiqadi. Kompaniya tez kunlarda flagmanning sotuvga chiqarilish kuni va narxini ma’lum qilishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, LG G5 2016 yilning fevral oyida Barselonada o‘tgan MWC 2016, Jahon mobil kongressida taqdim etilgan bo‘lib, 5,3 dyuymli, Quad HD (1440 x 2560 piksel) sig‘imiga ega displeyga, 78 gradus burchak ostida surat oluvchi 16 Mp hamda 135 gradusda surat oluvchi 8 megapikselli bosh kameralarga hamda 8 MP old kameraga ega. Smartfon Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Cmartfon metall korpus, ajralib chiquvchi  2800 mAs akkumulyatorga ega. Korpusning orqa qismida barmoq izlari skaneri mavjud. Smarfton korpusida USB type-C porti mavjud.

Qurilmaning erkin sotuvdagi narxi 600 AQSh dollari. Uning arzonlashtirilgan talqinida narxning 20 AQSh dollarigacha pasayishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.