LG G5 savdoning ilk kunida G4’dan 3 hissa ko‘p sotildi

LG G5 savdoning ilk kunida G4’dan 3 hissa ko‘p sotildi

Koreya Respublikasida eng yirik ikkinchi axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi hisoblangan LG Electronics Inc., 31 mart kuni navbatdagi flagman smartfon – LG G5 mobil aloqa vositasini erkin savdoga chiqargan edi.

Janubiy Koreyada boshlangan savdoning ilk kunida mamlakat bo‘ylab 15,000 dona G5 qurilmasi sotilgani ma’lum qilingan. Bu esa 2015 yilning aprel oyida namoyish etilgan, savdoga chiqarilgan ilk kunda 5000 dona sotilgan LG G4 savdosidan 3 hissa ko‘p degani.

Ekspert va mutaxassislarning fikricha, mazkur gadjetga bo‘lgan qiziqish va talabning oshishi bevosita G5’ning jihatlari va u bilan birga taqdim etilgan “do‘stlari”, ya’ni qo‘shimcha aksessuarlarning imkoniyatlari bilan baholanmoqda.

LG G5 foydalanuvchilarining fikriga asoslanib, HI Investment & Securities tahlil va tadqiqot markazi ekpertlarining o‘tkazgan tahlil xulosalariga ko‘ra, LG G5 ham smartfon bozorida ommalashgan G3 kabi muvaffaqiyat qozonadi va gadjetning xalqaro bozorda 10 million nusxada sotilishi kutilmoqda.

Hozircha Janubiy Koreyada smartfonlar orasida eng ko‘p sotilish bo‘yicha rekord Galaxy S7 hamda S7 Edge smartfonlari tomonidan o‘rnatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur gadjetlar 48 ichida 100,000 dona sotilgan.

5.3 dyuym, 2560 x 1440 piksel sig‘imli QHD displey, Snapdragon 820 protsessori, 4 GB tezkor xotira, 2.800 mAs elektr toki sig‘imiga ega quvvat toshi — akkumulyator va  Android 6.0. operatsion tizimining LG UX 5.0 talqini, ikkita 16 va 8 MP bosh kameralar, 8 MP old kameraga ega LG G5 2016 yilning 21 fevral kuni Barselonada, Mobile World Congress anjumani doirasida taqdim etilgan edi.

Qurilmaning erkin sotuvdagi narxi 600 AQSh dollari va uni biror yetkazib beruvchi kompaniyadan bir yil mobaynida to‘lash sharti bilan olish o‘rtacha 800 AQSh dollariga tushadi. Bu esa uning bahosi Samsung Galaxy S7 edge bilan bir xil va Samsung Galaxy S7 smartfonidan  $100 dollar qimmat ekanini anglatadi.

Batafsil ma’lumot:

LG G5

LG G5 va uning do‘stlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!