LG G6’da olingan ilk suratlar, kamera imkoniyatlari

LG G6’da olingan ilk suratlar, kamera imkoniyatlari

LG kompaniyasi 26 fevralda taqdim etgan G6 flagman smartfoni FullVision, ya’ni ekrani to‘liq tasvirni namoyish qiluvchi ramkasiz displeyli jahondagi ilk “aqlli telefon”. Ekran tomonlari nisbatida yangicha format, tasvirni keng miqyosda namoyish qiluvchi ilg‘or ekran va keng gradus ostida surat oladigan kamera va boshqa innovatsiyalarga boy LG G6 devaysining kamera va tasvir imkoniyatlari juda yuqori. Quyidagi suratlarga diqqat qiling.

Qayd etish kerakki, Dolby Vision texnologiyasi — mobil qurilmada tasvirni namoyish qilishda yangicha ilg‘or yondashuv deyish mumkin. LG G6 — ushbu ilg‘orlikka ega jahondagi ilk smarfton. Shu bilan birga, gadjetning HDR 10, ya’ni kengaytirilgan dinamik diapazonga egaligi undagi suratga olish imkoniyatini oshiradi. Natijada, tasvirdagi ranglarning to‘yingani, ularning o‘zaro nisbati va uyg‘unligi, yorqinlik yaqqol ko‘zga tashlanadi.

LG G6’ning 13 megapikselli bosh kamerasi manzarani 125 gradusda suratga oladi. Bosh kamera optik barqarorlashtirish tizimi bilan ta’minlangan. 5 megapikselli old kamera esa 100 gradusni qamrab oladi. Bu esa guruhli selfilar olish uchun ayni muddao.

Shuningdek, Square Camera rejimida oxirgi olingan surat ekranning alohida oynasida tasvirlanadi. Foydalanuvchi “Galereya”ga kirib, uning sifatiga ko‘z tashlashga zarurat sezmaydi. G6’dagi Square Camera funksiyasi formati 18:9 bo‘lgan ekranni 2 qismga bo‘ladi. Shuningdek, LG G6 kamerasida 2 tadan 100 tagacha bo‘lgan kadrlar iborat, animatsiyalashgan GIF fomartidagi fayllar ham tayyorlash mumkin.

LG G6’ning texnik jihatlari:
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 821.
Displey: diagonali 5,7 dyuymli, tomonlar nisbati 18:9 (2:1), sig‘imi — QHD+ FullVision (2880×1440 / 564ppi).
Xotira: 4 Gb operativ xotira (LPDDR4), doimiy ichki xotira 32 yoki 64 Gb (UFS 2.0), MicroSD (sig‘imi 2 TB.gacha).
Batareya: 3300 mA soat (ajralmas).
Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat.
O‘lchamlari: 148,9×71,9×7,9 mm.
Vazni: 163 gramm.
Mobil aloqa: LTE-A, 3 diapazonli CA.
Simsiz ulanish: Wi-Fi 802.11 a, b, g, n, ac; Bluetooth 4.2 BLE; NFC.
Rang talqinlari: kosmik qora, platina, oq.
Qolgan jihatlari: chang va suv ta’siriga bardoshli, barmoq izlari skaneri, tezkor quvvatlash.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.