LG G6’ning xalqaro bozordagi narxi ma’lum bo‘ldi

LG G6’ning xalqaro bozordagi narxi ma’lum bo‘ldi

LG Electronics kompaniyasi o‘tgan haftada o‘zining so‘nggi flagmani bo‘lgan LG G6 smartfonini Janubiy Koreyada sotuvga chiqargan edi. Hozircha smartfonning 7 apreldan boshlab AQShda, sal keyinroq esa Yevropada sotilishi kutilmoqda.

Smartfon savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik nemis kompaniyasi — MediaMarkt’ning tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, LG G6 Yevropa bozorida 749 yevrodan savdoga chiqariladi. Kompaniya ayni paytda smartfonning barcha rang va texnik talqinlari uchun oldindan buyurtma olishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, LG G6 5,7 dyuymli, QHD+ (1440 x 2880 pikselli) sig‘imli FullVision displeyga, 120 gradus burchak ostida surat oluvchi 13 megapikselli 2 ta ob’yektivdan iborat bosh kameraga, 2016 yilning ilg‘or Qualcomm Snapdragon 821 protsessori, 4 GB operativ hamda 32 yoki 64 GB doimiy xotira, 2 TBgacha ma’lumot sig‘imiga ega xotira fleshkasini o‘qiydigan microSD bo‘lmachasi va simsiz quvvatlanadigan 3300 mA soat akkumulyatorga ega.

Batafsil o‘qing:

LG G6 flagmani rasman taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.