LG G7 bu borada iPhone X'ni dog‘da qoldiradi

LG G7 bu borada iPhone X'ni dog‘da qoldiradi

2018 yilda ko‘plab Android smartfon ishlab chiqaruvchilari mobil aloqa vositalarining old paneliga iPhone X'niki kabi "o‘yiq" bilan "bezak" berdilar. Bu taqlidmi yoki Apple'ga ergashib smartfon bozorida muvaffaqiyat qozonish sirimi - bu bizga ma’lum emas.

Shu oyning boshida yakuniga yetgan MWC 2018 anjumanida LG G7 telefoni "tor doira" vakillari e’tiboriga taqdim etilgan edi. Buni qarangki, Koreya va jahonning yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan LG ham Apple'ga taqlid qilibdi.

Biroq, o‘ziga xos jihati bor: bu devays o‘zidagi o‘yiqni maxsus dastur yordamida mahorat bilan bekitib qo‘ya oladi. Hozircha uning biror raqibida bunday o‘ziga xos jihat yo‘q.

Apple kompaniyasi esa dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilariga iPhone X old panelidagi bu o‘yiqni bekitib qo‘yishni taqiqlab qo‘ygan. Apple bunday dasturlarni App Store do‘konida sotilishiga yo‘l qo‘ymaydi. LG esa boshqacha yo‘l tutib, LG G7 modelida o‘yiqning bo‘lish bo‘lmasligini hal qilishni foydalanuvchining ixtiyorida qoldirdi.

LG G7 smartfonining OLED (organik svetodiodli) matritsali ekranining tomonlari 19,5:9 standartli bo‘ladi. 6,1 dyuymli displeyning tasvir aniqligi 3120x1440 pikselli bo‘ladi hamda yupqa rom bilan o‘rab olinadi. Smartfon platformasida Snapdragon 845 protsessori o‘rnatiladi. Uning tezkor xotirasi 4 gigabaytli, doimiy xotirasi 64 gigabaytli bo‘ladi.

LG G7 bosh kamerasining 2 ta sensorlaridagi yorug‘lik taqsimotiga mas’ul moslamalar hali biror smartfonda joriy qilinmagan — f/1.4 standartida bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, G7 Quick Charge 4.0 tezkor quvvatlantirish texnologiyasiga ham ega bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, yangi flagman o‘zining avvalgi -- G6 modelidan 100 dollarga qimmat bo‘ladi, ya’ni uning narxi 800 dollardan oshadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!