LG G7 flagmaniga Snapdragon 845 chipi qo‘yiladi

  •   DiMaX
  •  1098
  •  29.05.2017 17:41

LG G7 flagmaniga Snapdragon 845 chipi qo‘yiladi

Janubiy Koreyaning The Investor nashri xabariga ko‘ra, LG kompaniyasi o‘zining bo‘lajak flagmani – G7 modelini ilg‘or Snapdragon 845 protsessori bilan jihozlaydi. Eslatib o‘tamiz, Snapdragon 835 chiplarining yetishmovchiligi (ularning deyarli barchasi Galaxy S8 modellariga ketgan) sababli, LG G6 flagmaniga uncha yangi bo‘lmagan Snapdragon 821 protsessori qo‘yilgan.

Gap-so‘zlarga ko‘ra, LG va Qualcomm allaqachon bu masaladagi hamkorlik borasida oldindan kelishib qo‘yishgan va birgalikda chip ustida ish boshlab yuborishgan. O‘zi Qualcomm va Samsung kompaniyalari Snapdragon 845 ustida ishlashga kirishganlari yaqinda – aprelning oxiridagina ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 845-modelning samaradorligi oshirilgan. Snapdragon 835 chipiga nisbatan uning ko‘rsatkichlari kamida 30 foizga yuqori bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.