LG G7 ilg‘or funksiyasi bilan aqlni shoshirib qo‘yadi

LG G7 ilg‘or funksiyasi bilan aqlni shoshirib qo‘yadi

MWC 2018 anjumani doirasida yangi yilda taqdim qilinadigan Samsung Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ smartfonlari to‘g‘risidagi barcha texnik jihatlar tarqalib bo‘ldi. Biroq, LG G7 flagmani hozircha katta sir. Insayderlar yaqin kunlar ichida bu telefonga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritdilar. Ishonchli manbaning xabar berishicha, flagman faqatgina kuchli platforma bilan cheklanib qolmaydi, balki fantastik jihat bilan ta’minlanadi. Bu ilg‘or jihat hammaning aqlini shoshirib qo‘yishga qodir ekan. Xususan, suratga tushib, videorolik olish ishqibozlari uchun!

Manbaning ma’lumot berishicha, LG G7 smartfonini ishlab chiqarishda koreyalik korporatsiya unda LG V30'ga xos elementlardan, jumladan old panelni deyarli egallab olgan romsiz OLED-ekrandan foydalanadi. Bu model yanada takomillashgan jihatlarga boy bo‘ladi. Misol uchun ko‘zning rangdor pardasi skaneri. Shu bilan birga, yuzni tekshiruvdan o‘tkazuvchi qiyofa skaneri. Ahamiyatli jihati, bu datchik faoliyati apparat emas, dasturiy ta’minotga, aniqrog‘i murakkab algoritmlarga asosolangan bo‘ladi. Shu jihatdan uning xavfsizligiga umid qilish mumkin.

LG G7'ning fantastik o‘ziga xosligi xususida batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, u bu masalada Samsung Galaxy S8, Xiaomi Mi 7, Sony Xperia 2018 va boshqa telefonlarni ortda qoldiradi. 2018 yilning yanvar-fevralida kutilayotgan smartfon bosh kamerasining 2 ta sensorlaridagi yorug‘lik taqsimotiga mas’ul moslamalar hali biror smartfonda joriy qilinmagan -- f/1.4 standartida bo‘ladi.

LG V30 birinchilardan bo‘lib f/1.6 o‘lchamli diafragmaga ega bo‘lganini hisobga olsak, bu ma’lumot rost ekaniga shubha yo‘q. Bu standartdagi yorug‘lik taqsimoti qurilmasi yorug‘likni ko‘proq qamrab olishi bilan surat hamda video tasvir sifatini keskin oshirib yuboradi. Fotograf va blogerlar bu telefon kamerasi olgan suratlardan hayratga tushishlari aytilmoqda.

LG G7'ga tegishli ekani taxmin qilingan chexolga ko‘ra, fotokamera joylashuvi gorizontal uslubda bo‘ladi. Uning quyisida esa barmoq izi skaneri ham bo‘ladi.

Telefon tomonlar nisbati 18:9 standartida bo‘ladi, unga 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori o‘rnatiladi. 4 GB "operativka" hamda 64 GB doimiy xotira, qadoqdayoq Android 8.1 Oreo telefon imkoniyatlarini yanada oshiradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.