LG: Galaxy S9 va iPhone X'ga qarshi yangi «kushanda» tayyor

LG: Galaxy S9 va iPhone X'ga qarshi yangi «kushanda» tayyor

Ekspertlarning fikricha, 2018 yilning ilk oylari holatida Apple iPhone X hamda fevralda kutilayotgan Samsung Galaxy S9 flagmanlari sayyoramizning eng ilg‘or smartfonlari bo‘lishadi. Shu bilan birga, smartfon bozorida ularga raqib bo‘la oladigan kuchli smartfonlar ham kutilmoqda. Jumladan, LG tayyorlayotgan yangi smartfon. Kechagina tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya "G" turkumiga kiruvchi flagmanlarini to‘liq yangilaydi.

The Investor resursining na LG kompaniyasida faoliyat olib boradigan xodimga asoslanib yozishicha, brend Samsung Galaxy S9 hamda Apple iPhone X'ga qarshi «kushanda» tayyorlamoqda. "LG G7" deb nomlanishi kutilayotgan bu mobil qurilma tamomila innovatsion turkumning ilk vakili bo‘ladi. "G" turkumiga xos smartfonlar smartfon bozorida 2012 yildan boshlab sotib kelinadi.

LG kompaniyasi G7"ni fevralda Barselonada o‘tadigan MWC 2018 anjumanida namoyish qiladi. Taqdimot esa 2018 yilning bahorida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda mazkur model tayyor va uning sinov ishlari amalga oshirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfon OLED-ekran, 8 yadroli ilg‘or Snapdragon 845 protsessori, 6 GB "operativka" hamda128 GB doimiy xotira, yorug‘likni taqsimlovchi moslamasi f/1.4 standartidan yuqori bo‘lmagan, ilg‘or va qo‘sh sensorli bosh kameraga ega bo‘ladi. Flagman qadoqdayoq Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.