LG 4 ta arzon narxli smartfonlarni taqdim qildi

LG 4 ta arzon narxli smartfonlarni taqdim qildi

LG kompaniyasi 22 fevralda K8 hamda K10 smartfon modellarining yangilangan talqinini taqdim qildi. Yangi modellarga "LG K8 - 2018" hamda "LG K10 - 2018", "K10α", "K10+" deya nom berilgan.

Yangi talqindagi K8 smartfonlar orasida eng "jajjisi" bo‘lib, 5 dyuymli va HD sig‘imli, 2.5D shishasi bilan qoplab olingan shishaga ega bo‘lgan. Uning uchun 4 yadroli protsessor, 2 gigabaytli tezkor xotira tanlangan. Bosh kamera aniqligi 8 megapikselli.

K10 esa 5.3 dyuymli, HD sig‘imli ekran bilan ajralib turadi. Uning samarali ishlashi uchun 8 yadroli, chastota tezligi 1.5 Ggs bo‘lgan chipset mas’ul.

K10α modeli ham jihatlariga ko‘ra, boshlang‘ich narxli smartfonlar oilasiga mansub: 2 gigabaytli tezkor va 16 gigabaytli doimiy xotira, 8 Mp aniqligidagi bosh kamera, 5 megapikselli old kamera.

K10+ modelida xotira bir oz kattalashgan: 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira. Bosh kamera 13 hamda old kamera 5 megapikselli.

LG brendiga ko‘ra, 13 megpiksel aniqligidagi bosh kamera modullarida fazali avtofokus funksiyasi tatbiq etilgan. Bu texnologiya LG G6 modelida ham joriy qilingan edi. 8 megapikselli kameralarga esa portret rejimi joriy qilingan.

Texnik jihatlar xususida batafsil:
LG K8 2018:
Displey: 5 dyuymli, HD sig‘imli (1280 x 720 piksel), IPS matritsali, 2.5D shaklidagi himoya shishasi;
Protsessor: 4 yadroli, 1.3 Ggs, 64 bitli;
Tezkor xotira: 2 gigabaytli;
Doimiy xotira: 16 gigabaytli, microSD orqali 32 gigabaytga oshirish mumkin;
Bosh kamera: 8 Mp, avtofokus, LED fotochaqnoq;
Selfi kamera: 5 Mp;
Akkumulyator sig‘imi: 2,500 mA soat;
Operatsion tizim: Android 7.1.2;
Aloqa imkoniyatlari: WiFi, 3G, 4G w/ VoLTE, Bluetooth 4.2, FM Radio, GPS, single yoki dual SIM;
Sensorlar: akselerometr, yorug‘lik sensori, oraliq-masofa sensori, giroskop, ovoz sensori, barmoq izi sensori va boshqalar;
Korpus ranglari: qora, ko‘k, tilla rang;
O‘lchamlari: 146.3 x 73.2 x 8.2 mm;
Vazni: 152 gramm;
Narxi: 130 AQSh dollari.

LG K10 2018:
Displey: 5.3 dyuymli, HD sig‘imli (1280 x 720 piksel), IPS matritsali, 2.5D bezak shishasi qoplangan;
Protsessor: 1.5 Ggs, 64 bit, 8 yadroli protsessor;
Tezkor xotira: 2 / 3 Gb
Doimiy xotira: 16 / 32 gigabaytli, microSD orqali 2 terabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Bosh kamera: 8 megapikselli, avtofokus, LED fotochaqnoq (K10α);
Selfi kamera: 5 megapikselli, keng burchakli surat olish funksiyasi;
Batareya sig‘imi: 3,000 mA soat;
Operatsion tizim: Android 7.1.2;
Aloqa imkoniyatlari: WiFi, 3G, 4G w/ VoLTE, Bluetooth 4.2, FM Radio, NFC, GPS;
Sensorlar: akselerometr, yorug‘lik sensori, oraliq-masofa sensori, giroskop, ovoz sensori, barmoq izi sensori va boshqalar;
Korpus ranglari: qora, ko‘k, tilla rang;
O‘lchamlari: 148.7 x 75.3 x 8.68 mm;
Vazni: 162 gramm;
Narxi: 150 AQSh dollaridan boshlab.