LG’ning 13 noyabrdan sotila boshlangan aqlli soatida nosozlik aniqlandi

LG’ning 13 noyabrdan sotila boshlangan aqlli soatida nosozlik aniqlandi

LG kompaniyasi tomonidan ilk marotaba sotuvga chiqarilgan LG Watch Urbane Second Edition LTE aqlli soatining sotuvga chiqarilishidan bir hafta o‘tib soatda aniqlangan nosozlik tufayli qurilmani savdo peshtaxtalardan qaytarib olish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Garchi, apparatda texnik nosozlik borligini tan olayotgan bo‘lsa-da, kompaniya vaziyatga batafsil izoh berayotgani yo‘q. 9to5google internet nashrining ma’lum qilishicha, konstruksiya tizimlaridagi kamchilik uni asta-sekin ishdan chiqishiga sabab bo‘lar ekan.

Amerikaning telekommunikatsiya yo‘nalishidagi yirik kompaniyalaridan biri AT&T’ning ushbu masala yuzasidan e’lon qilgan bayonotida LG Watch Urbane 2nd Edition LTE soatini sotib olgan mijozlarning xarajatlari qoplanishi yoki boshqa rusumdagi smart-soatlarga almashtirib berilishi ma’lum qilingan.

9to5Google nashrining Reddit ijtimoiy xabarlar sayti foydalanuvchilaridan birining qoldirgan xabariga asoslanib yozishicha,  nosozlik xususidagi e’londan keyin ham Verizon kompaniyasi mazkur rusumdagi aqlli soatlarni sotishni to‘xtatgani yo‘q.

2015 yilning oktyabr oyida namoyishi o‘tkazilgan LG Watch Urbane Second Edition markasidagi soat Google Android tomonidan aqlli soatlar uchun yaratilgan operatsion tizimda ishlaydigan ilk elektron moslama hisoblanadi.

Aqlli soat 35.19 mm diagonalli displey, aloqani tanlashga xizmat qiladigan uchta yon tugmalari, LG’ning Salomatlik ilovasi, asosiy hamda yurak urishini nazorat qiluvchi monitor va sportiv ko‘rinishdagi charm tasmaga ega.

Qualcomm Snapdragon 400 protsessori,  570mAh olti qirrali akkumulyator batareyasi, Nano sim karta, 768MB operativ xotira, 4GB ichki musiqa  xotirasi, Wi-Fi, Bluetooth, GPS, 3G, hamda LTE texnologiyasi o‘rnatilgan aqlli soat 300 AQSh dollaridan sotilayotgan bo‘lgan.