LG’ning bir millimetr qalinlikdagi OLED televizorlari 2017 yilda sotuvga chiqarilishi mumkin

LG’ning bir millimetr qalinlikdagi OLED televizorlari 2017 yilda sotuvga chiqarilishi mumkin

Ferra nashrining xabar berishicha, Wi-Fi Alliance tashkilotining saytida LG kompaniyasiga tegishli 2017 yilda ishlab chiqariladigan OLED televizorlarning nomi va ekran o‘lchamlari e’lon qilingan.

Qurilmalar orasida LG W7 nomli model ham o‘rin olgan. Mutaxassislar mazkur modelni juda ham yupqa LG Wallpaper OLED TV konseptining haqiqiy namunasi sifatida taxmin qilishmoqda. LG Wallpaper OLED TV prototipi 2015 yilda o‘tkazilgan ko‘rgazmalardan birida namoyish qilingan edi.

Ushbu prototipning qalinligi bor-yo‘g‘i 0,97 mm bo‘lgan. Panelning og‘irligi 1,9 kg bo‘lib, uni maxsus taglik yordamida devorga ilish va yechish juda oson. Ekranning diagonali 65 dyuym (OLED65W7) va 77 dyuym (OLED65W7).

LG firmasi mazkur panellarni CES 2017 ko‘rgazmasida yana ko‘rsatishi mumkin.