LG rasman G6+ videosini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1599
  •  05.07.2017 15:25

LG rasman G6+ videosini taqdim etdi

LG kompaniyasi o‘zining bo‘lajak flagmani – G6+ smartfonining rasmiy videoroligini e’lon qildi. Bu – G6 modelining ilg‘or variantidir, deb yozadi GSMArena.

 Ushbu gadjet korpusi changdan va suvdan himoyalangan. Videoda uning ikki xil rangdagi – moviy (Marine Blue) va tillarang (Terra Gold) variantlari namoyish etilgan.

LG G6+ devaysi 128 GB ichki flesh-xotiraga ega hamda Qi standartidagi simsiz quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan (mazkur texnologiya faqat AQShda sotilayodigan orignal LG G6 uchun amal qiladi). Bundan tashqari, smartfon jamlanmasida ilg‘or B&O Play quloqchinlari ham keladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!