LG V20 – 32-bitli Hi-Fi Quad DAC chip o‘rnatilgan jahondagi ilk smartfon

LG V20 – 32-bitli Hi-Fi Quad DAC chip o‘rnatilgan jahondagi ilk smartfon

Avvalroq xabar berganimizdek, LG V20 Android operatsion tizimining yangi talqini – Nougat (Android 7.0 Nougat )da ishlaydigan ilk smartfon bo‘lishi kutilmoqda.
Kuni-kecha taqdimoti kutilayotgan ushbu smartfonga tegishli boshqa muhim ma’lumot ham internetda paydo bo‘ldi.

lgnewsroom.com saytining yozishicha, LG V20 Hi-Fi Quad DAC texnologiyasi tadbiq etilgan jahondagi ilk smartfon bo‘ladi. Mazkur texnologiya atrofdagi shovqinni 50% gacha kamaytirish va raqamli fayllarni analog tovushlarga o‘girish hisobiga tovushlarni yanada tiniq va aniq eshitilishini ta’minlaydi. Natijada foydalanuvchilar videoga to‘lqinlarning sharillashi yoki shovqinli joyda ikki insonning aniq eshitiladigan suhbatlari kabi yuqori sifatli saundtreklarni qo‘shishlari mumkin bo‘ladi. LG kompaniyasining xabar berishicha, mos naushniklar ishlatilganda Quad DAC texnologiyasi smartfondagi tovushlarni tabiiy tovushlarga yaqin sifatda taqdim etadi.

LG mazkur texnologiyani yaratishda yuqori sifatli audio mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi ilg‘or ESS Technology kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!