LG V20 rasman taqdim etildi

LG V20 rasman taqdim etildi

Kecha San-Fransisko (AQSh, Kaliforniya) shahrida Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagmani – LG V20 smartfonini namoyish etdi. Model borasida taqdimotdan avvalroq paydo bo‘lgan ba’zi yangiliklar haqida saytimizda yozgan edik.

Ushbu model o‘tgan yili e’lon qilingan V10 smartfonining mantiqiy davomi hisoblanadi. Yangi model o‘tmishdoshidan bir qator yangi xususiyatlar bilan farq qiladi. V20 korpusi AL6013 metal rusumidagi yengil alyuminiydan ishlangan. Shuningdek, korpusga zarbalarga qarshi polikarbonat-silikondan tayyorlangan panellar o‘rnatilgan.

Quad Hi-Fi Audio chipi yordamida qo‘llab-quvvatlanadigan Hi-Fi ohang, Hi-Fi video  (kamera LPCM 24bit/48kGS formatdagi tovush bilan video yozadi), Android 7.0 Nougat (mazkur smartfon Android 7.0 versiyasida ishlab chiqarilgan dunyodagi ilk gadjet) bazasidagi yangi LG UX 5.0+ interfeysi, qo‘shimcha displey va kuchli kameralar LG V20’ga qo‘llanilgan ahamiyatli yangiliklar hisoblanadi.

Apparat Snapdragon 820 protsessorida ishlaydi. Unga 4 GB (LPDDR4) tezkor xotira, 64 GB (UFS 2.0) doimiy xotira, USB Type-C sloti, barmoq izi skaneri, 3200 mA/st sig‘imdagi akkumulyator o‘rnatilgan. Ikkitali displey konsepti (5,7 dyuym) saqlab qolingan. Asosiy displey QHD (2560 x 1440) aniqlik darajasida. Bundan tashqari 2,1 dyuymdagi qo‘shimcha ekranda bildirishnomalarni kengaytirish funksiyasi qo‘llanilgan.

Smartfon ikkita asosiy kamera bilan ta’minlangan. Birinchi kameraning aniqligi – 16 MP, diafragma – f/1.8, optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega. Ikkinchi keng burchakli 8 MPli ( f/2.4) kameraning namoyish burchagi 135 gradusni tashkil etadi. Shuningdek, selfilar uchun 5 MPli old kamera ko‘zda tutilgan. Kameraga qo‘llanilgan Steady Record 2.0 texnologiyasi videolarni silkinishlarsiz yozishga xizmat qiladi.

Quyida modelga tegishli batafsil texnik parametrlar keltirilgan:

  • Tarmoq: GSM/GPRS/EDGE (850/900/1800/1900 MGs), WCDMA/HSPA (900/2100 MGs), LTE Cat.6
  • Platforma: Android 7.0 Nougat (LG UX 5.0+)
  • Displey: asosiy: 5,7” 2560 x 1440 nuqta, IPS Quantum Display, 1500:1, 515 ppi, qo‘shimcha: 2,1″ 160 x 1040 nuqta, IPS Quantum Display, 513 ppi
  • Dual kamera: 16 MP + 8 MP, f/1.8 + f/2.4, dual LED-chaqnoq, lazerli fokus, optik stabilizatsiya (16 Mp), 4K@30fps formatida video yozish, 1080p@60fps
  • Old kamera: 5 MP, f/1.9, namoyish burchagi 120 gradus
  • Protsessor: 4 yadroli, 2,2 GGs, Qualcomm Snapdragon 820
  • Grafik chip: Adreno 530
  • Tezkor xotira: 4 GB LPDDR4
  • Doimiy xotira: 64 GB UFS 2.0
  • Xotira kartasi: microSD (2 TBgacha)
  • GPS va GLONASS
  • Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac)
  • Bluetooth 4.2
  • USB Type-C
  • 3,5-mm slot
  • NFC
  • Barmoq izi skaneri
  • SAP: ESS SABRE ES9218, Quad Hi-Fi Audio, B&O Play
  • Akkumulyator: 3200 mA/st, tezkor zaryadlash standarti Qualcomm Quick Charge 3.0
  • Gbabaritlari: 159,7 x 78,1 x 7,6 mm

Og‘irligi: 173 g.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!