LG V20 smartfoni anonsgacha 60 mingta testdan o‘tkazilgan

LG V20 smartfoni anonsgacha 60 mingta testdan o‘tkazilgan

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi o‘tgan oyda o‘zining navbatdagi flagmani LG V20 modelini taqdim qilgan edi. Apparat metall korpus va yechiladigan batareyaga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, smartfonga mobil sanoatda yangilik hisoblangan bir qancha yangi funksiyalar ham qo‘llangan. Smartfon bilan o‘tkazilgan ilk drop-testlar uning chidamliligi va barqarorligini ko‘rsatib berdi.

GSM Arena saytining xabar berishicha, LG mazkur modelni sotuvga chiqarishdan oldin firma uni 60 000 marta test sinovidan o‘tkazgan. Ushbu haftada Janubiy Koreya kompaniyasi LG V20 ishlab chiqariladigan LG Digital Park fabrikasiga press-tur o‘tkazib, smartfonning tayyorlanish jarayoni bilan jurnalistlarni tanishtirdi.

“Robotlar va mashinalar butun bir ishlab chiqarish jarayonini boshqara olmaydi, bunday murakkab testlar, albatta, insonlar tomonidan bajarilishi kerak”, – deb ta’kidlaydi Kim Sun Ryul, LG’ning smartfonlarni yig‘ish jamoasi rahbari.

Chindan ham model avvalgi o‘tmishdoshlari va boshqa hozirda mavjud flagmanlarga qaraganda kuchli himoya tizimiga ega, barqaror va turli tashqi ta’sirlarga chidamli.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!