LG V30+ 4 kunda 160 dollarga arzonlashdi

LG V30+ 4 kunda 160 dollarga arzonlashdi

O‘tgan haftada jahonning yirik smartfon bozorlariga 1010 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan LG V30+ oradan 4 kun o‘tib, 160 AQSh dollariga arzonlashgan. Ayni paytda bu flagmanni 850 dollardan xarid qilish mumkin. Gadjetning narxi kundan-kunga 30-40 dollarga arzonlashmoqda.

LG V30+ smartfoni 6 dyuymli, OLED matritsali va QuadHD (2880 x 1440 pikselli) displey bilan ta’minlangan. FullVision ekranning tomonlar nisbati 18: 9 standartida.

Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 4 GB "operativ" xotiraga ega smartfonning doimiy xotira sig‘imi 64 GB yoki 128 GB. Smartfonda, shuningdek, microSD bo‘lib, unga 2 terabaytgacha hajmli fleshka o‘rnatish mumkin.

LG V30 Plus bosh kamerasi qo‘sh modulga ega bo‘lgan: 16 Mp va 13 Mp. Ularga eng yaxshi -- f/1.6 va f/1.9 hajmidagi yorug‘lik linzalari o‘rnatilgan. Aytish kerakki, bu smartfon kamerasida f/1.6 hajmli diafragma o‘rnatilgan ilk flagman. Bu linza kameraga ko‘proq yorug‘lik o‘tkazish imkonini beradi.

LG V30 akkumulyatori 3300 mA soat tok sig‘imini jam qiladi. Batareyani simsiz quvvatlash mumkin. Smartfonda Bluetooth 5 standarti joriy qilingan. IP68 himoya guvohnomasini olgan korpus Corning Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.