LG V30 flagmani olgan ilk suratlarga baho bering

LG V30 flagmani olgan ilk suratlarga baho bering

Berlinda o‘tayotgan IFA 2017 konferensiyasi doirasida LG kompaniyasi LG V30 flagmanini taqdim qilgani haqida xabar bergan edik. Konferensiyaning bosh smartfoni bo‘lgan LG V30 gadjeti texnik konsepsiya va jihatlariga ko‘ra, LG G6'ning davomchisi bo‘lib, qator parametrlari bilan diqqatga sazovor.

LG doimo o‘zining flagmanlarida sifatli kamerani tatbiq qilish payida bo‘ladi. V30 ham bundan mustasno emas. Qo‘sh modulli bosh kameraga ega LG V30 surat olishda Samsung Galaxy Note 8, Google Pixel 2 va iPhone 8 bilan bellashishga tayyor.

U f/1.6 hajmli diafragma o‘rnatilgan jahondagi ilk kamerafon. Bu yorug‘lik linzasi bugungi muqobillaridan ilg‘or. Taqqoslash uchun, raqib-kompaniya bo‘lmish Samsung flagmanlari -- Galaxy S7, S8 va Galaxy Note 8'da f/1.7 linzalaridan foydalangan. f/1.6 linzasining yorug‘lik o‘tkazish darajasi LG G6'dagi f/1.8 linzasiga qaraganda 4% ga ko‘proq.

Hozircha LG katta umid bildirayotgan flagmanda olingan suratlarga baho bering.

Orqa paneldagi 2 ta ob’yektivlardan biri bosh modul bo‘lib, 16 megapikselli va aynan unga f/1.6 hajmli apertura o‘rnatilgan. Bu sensor 71 gradus burchak ostida suratga oladi. Yordamchi modul esa 13 Mp va u manzarani 125 gradus burchak ostida muhrlaydi, shuningdek f/1.9 hajmli yorug‘lik linzasiga ega. Bosh kamerada suratni elektron va optik barqarorlashtirish tizimi, gibrid avtofokus tizimi va qo‘sh tusli svetodiod mavjud. Modulda "erkin rejim", "raqamli yaqinlashtirish" kabi dasturiy funksiyalar bor.

Shu bilan birga,  LG–Cine Log rejimi suratdagi dinamik diapazonni  kengaytiradi, Point Zoom funksiyasi kadrning kerakli joyini kattalashtiradi, Graphy esa jahon bo‘ylab professional fotosuratchilar olgan suratlar jamlanmasi bo‘lib, foydalanuvchiga taassurotli rasmlar olishga ko‘maklashadi.

Eslatib o‘tamiz, LG V30 smartfoni 6 dyuymli, OLED matritsali va QuadHD (2880 x 1440 pikselli) displey bilan ta’minlangan. Devays Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 4 GB "operativ" xotiraga ega bo‘lgan. LG V30 akkumulyatori 3300 mA soat tok sig‘imini jam qiladi. Batareyani simsiz quvvatlash mumkin. Smartfonda Bluetooth 5 standarti joriy qilingan. LG V30 akkumulyatori 3300 mA soat tok sig‘imini jam qiladi. Batareyani simsiz quvvatlash mumkin. Smartfonda Bluetooth 5 standarti joriy qilingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.