LG yangi “jangovar” X Venture’ni taqdim qildi

LG yangi “jangovar” X Venture’ni taqdim qildi

Har qanday sharoit hamda vaziyatga tayyor “o‘lmas” smartfon tayyorlashga barcha smartfon ishlab chiqaruvchilari ham jur’at qila olishmaydi. So‘nggi vaqtlarda metall korpusli smartfonni himoyalashning turli texnologiyalari yaratilmoqda. LG kompaniyasi G6 flagmanidan so‘ng kuchli himoya tizimiga ega yangi, X Venture nomli hamyonbop smartfonini taqdim qildi.

X Venture ham chang va nam ta’siridan himoyalanganlik kafolatini beradigan IP68 sertifikatini olgan. Shuningdek, bu smartfon MIL-STD 810G standarti bo‘yicha ham “jangovar gadjet” sertifikatini ham olgan. Ya’ni, X Venture yuqoridan tushib ketganida, past haroratda yoki 1,5 metrlik suv ostida ham jon saqlab qoladi.

LG X Venture 5,2 dyuymli FullHD displey, o‘rta darajali Snapdragon 435 protsessori, 2 gigabayt tezkor va 32 Gb doimiy xotira, tezkor quvvatlash mumkin bo‘lgan 4100 mA soat sig‘imli akkumulyator, Android 7.0 Nougat operatsion tizimiga ega.

LG X Venture’ning old kamerasi 5 megapikselli sensor, bosh kamera esa 16 megapikselli modul o‘rntaligan. Smartfonning yana bir o‘ziga xosligi — QuickButton knopkasi. Bu tugmacha turli ilovalar, fonar, qadam o‘lchagich, kaloriya o‘lchagichni tezkor ishga tushirish imkonini beradi.

LG X Venture ayni paytda xalqaro bozorda $330 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!