Li-Fi uchun Wi-Fi raqobatchisi bo‘lish hali ertaga o‘xshaydi

Li-Fi uchun Wi-Fi raqobatchisi bo‘lish hali ertaga o‘xshaydi

Avval xabar berganimizdek, Estoniyaning Jugnu startap loyihasi asosida  rivojlantirilayotgan yorug‘lik yordamida ma’lumot almashish usuli – Li-Fi nazariy jihatdan sekundiga 224 gigabayt ma’lumot almashish imkoniyatiga ega.

Shunday bo‘lsa ham, bu g‘oyani amalda keng tatbiq etishga erishish qiyin kechayotgan ko‘rinadi. Aqlli chiroqlar yordamida yorug‘lik orqali ma’lumot almashishga oid ilk loyiha 2010 yilda boshlangan edi. 2012 yilda bir nechta xalqaro kompaniyalar unga qiziqish bildirgan  bo‘lishsa-da, yangi hanuz texnologiya raqobatga kirisha olgani yo‘q.

Li-Fi radiochastotalardan foydalanish, ma’lumot tashishga daxldor boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan, ma’lumot uzatish bilan bog‘liq har qanday kamchilik va muammolarning oldini olishi kerak. Ya’ni, uning binodan tashqarida, ochiq havoda, quyosh nurlari ostida ham ma’lumot tarqatishiga oid masalalarga amaliy jihatdan yechim topish zarur.

Garchi, ma’lumot almashish tezligi Wi-Fi texnologiyasidan yuqori bo‘lsa ham, Li-Fi devor osha ma’lumot uzata olmaydi va uning qancha masofaga ma’lumot uzata olishi ham ma’lum emas.

Li-Fi’ga aeroport va samolyot bortlarida aviakompaniyalarning axborot tizimlariga xalaqit qilmaydigan simsiz aloqa o‘rnatishning eng maqbul usuli sifatida qaralmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.