«Lorem ipsum dolor sit amet» yoxud «Poytaxtbank» to‘liq ishlab chiqilmagan saytni ishga tushirdi

«Lorem ipsum dolor sit amet» yoxud «Poytaxtbank» to‘liq ishlab chiqilmagan saytni ishga tushirdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Poytaxtbank tomonidan ishga tushirilgan sayt haqida post paydo bo‘ldi. Postda aytilishicha, yangi ochilgan bank saytning 10 foizi ham tayyor bo‘lmasdan turib ishga tushirishga shoshilgan.

Ushbu maqola yozilayotgan vaqtda ham sayt kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldirilmagan edi.

Saytdan uning test rejimida ishlayotganligini anglatuvchi yozuvni ham topa olmadik. Saytdagi mavjud yozuvlar ham imloviy xatolar bilan yozilganligini ko‘rishingiz mumkin.

Bank ma’sul hodimlari xato va kamchiliklarni bartaraf etishini kutib qolamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!