“Malika”dagi ikki hamyonbop “Lenovo” smartfoni

“Malika”dagi ikki hamyonbop “Lenovo” smartfoni

Gartner kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda sayyoramizda 1,5 milliard dona smartfon sotilgan. Bu ko‘rsatkich jadal o‘sishda davom etmoqda. Bugun smartfon bozorida peshqadam bo‘lgan brendlar qimmat gadjetlarni ommalashtirishga urinayotgan bir paytda, bozorning yangi vakillari ularnikidan qolishmaydigan, shu bilan birga 2 hissa arzon mobil aloqa vositalari bilan diqqatni tortishmoqda.

Jumladan, Xitoyning Xiaomi, Meizu, Lenovo hamda Huawei kompaniyalarining hamyonbop smartfonlari tejamkorlikni xush ko‘radigan yurtdoshlarimizga manzur bo‘lmoqda. Quyida e’tiboringizga “Malika” axborot texnologiyalari vositalari bozorida sotilayotgan, nisbatan hamyonbop bo‘lgan “aqlli telefon”larning imkoniyatlari xususida ma’lumot beramiz.

Lenovo K5 Note

Taqdim qilingan vaqti: 2016 yil, Yanvar.

5.5 dyuymli Lenovo K5 Note (old panelning ~72.5% foiz qismi ekrandan iborat) displeyi LTPS IPS LCD texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan. Uning piksellar sig‘imi 1080 x 1920 belgiga teng (har dyuymda ~401 piksel).

Smartfon Android OS, v5.1 (Lollipop) operatsion tizimida taqdim qilingan. Unga kompaniyaning 8 yadrol Mediatek MT6755 Helio P10 protsessori va Mali-T860MP2 grafik-tasvir chipi o‘rnatilgan. Qurilmaning tezkor xotirasi talqiniga ko‘ra, 3/4 GB. Doimiy ichki xotira sig‘imi 32 GB. Shuningdek, microSD bo‘lmachasi 256 GB.gacha xotira fleshkasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Lenovo K5 Note korpusida 2 ta SIM karta bo‘lmasi mavjud. Uning o‘lchamlari: 152 x 75.7 x 8.5 mm, vazni 165 gramm. Korpus 3.5 mm.li an’anaviy audio konnektor, shovqinni pasaytiruvchi qo‘shimcha mikrofonga, USB microUSB v2.0 portiga ega.

Devaysning 13 MP sig‘imli bosh kamerasi f/2.2 hajmli apertura, fazali avtofokus, geografik joyni belgilash, fokusni belgilash, yuzni aniqlash tizimlari, 2 tusli LED fotochaqnog‘iga ega. Unda 1080p sig‘imli video suratga olish mumkin. Selfi kameraning sig‘imi 8 MP.

Lenovo K5 Note “hayoti” 3500 mA soat sig‘imli ajralmas akkumulyatorga bog‘liq. Bu quvvat unda 3G tarmog‘ida 27 soatgacha suhbat qurish imkonini beradi.

Lenovo K5 Note aloqaning GSM / HSPA / LTE/ WLAN / Wi-Fi 802.11 b/g/n/ac, dual-band, WiFi Direct, Bluetooth v4.1, A2DP, GPS tarmoqlarida ishlaydi. Unda FM radio ham mavjud,

O‘ziga xos sensorlari: barmoq izlari skaneri, akselerometr, giroskop, oraliq-masofa, kompas.

Mavjud ranglari: kumush rang, kul rang.

“Malika”da Lenovo K5 Note’ning 32 GB talqini 1,301,500 mln. so‘mdan sotilmoqda.


Lenovo Vibe P1

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, Oktyabr

5.5 dyuymli (old panelning ~72.1 foizi ekrandan iborat) Lenovo Vibe P1 ekranining piksellar sig‘imi 1080×1920 belgiga teng (har dyuymda ~401 piksel). Full HD displey IPS LCD texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan. Multitach funksiyasiga ega displey bir vaqtning o‘zida 10 tagacha barmoq zarbini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi bilan qoplangan.

U 1.5 GGs chastotada ishlaydigan, 64 bit va 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 615 protsessori bilan ta’minlangan. Shuningdek, unga Adreno 405 qo‘shimcha videoprotsessor ham o‘rnatilgan.

Smartfonning korpusi plastik va metall xomayoshsidan ishlangan. Smartfon o‘lchamlari: 152.9 x 75.6 x 9.9 mm bo‘lib, u 187 gramm tosh bosadi.

Lenovo Vibe P1 Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida taqdim etilgan. Qurilmaning tezkor xotirasining sig‘imi 2 GB. Shuningdek, unda ma’lumotlarni saqlash uchun 32 GB sig‘imiga ega doimiy xotira mavjud. Qo‘shimcha microSD xotira bo‘lmachasiga esa 256 GB.gacha ma’lumot sig‘imiga ega qo‘shimcha xotira fleshkasini o‘rnatsa bo‘ladi.

Mobil qurilma interfeysida Wi-Fi, Bluetooth 4.0 LE, quvvatlash va ma’lumot almashish uchun microUSB porti, audio quloqchin uchun 3.5 mm port mavjud.

Gadjetning bosh kamerasi 13 Mp. U fazali avtofokus, geografik joyni belgilash, fokusni belgilash kabi ilg‘or jihatlarga ega. Shuningdek, old kameraning piksel sig‘imi 5 Mp. Uning kamera imkoniyati «o‘rtacha» deb baholangan. Keng manzarani suratga olishda qurilmaning imkoniyati Sony Xperia Z5, Samsung Galaxy S6’da olingan suratlar bilan raqobatga kirishadi.

 

Lenovo Vibe P1 smartfonining eng ahamiyatli jihati 5000 mA soat elektr sig‘imiga ega akkumulyatoridir. Akkumulyatorni to‘la quvvatlab 16 soat Full HD formatidagi video ko‘rish mumkin. Xuddi shu quvvat bilan qurilmadan internetda matn o‘qish, ma’lumot qidirish uchun 9.5 soat foydalanish mumkin. Misol uchun, iPhone 6s Plus akkumulyatori bu ishga 6 soat dosh berishi mumkin.

Vibe P1 aloqaning GSM, WCDMA, LTE kabi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Mobil apparatda GPS hamda Glonass navigatsiya tizimlari o‘rnatilgan. Shu bilan birga, unda akselerometr, yorug‘lik datchigi, masofa-oraliq sensorlari mavjud. Shuningdek, NFC sensori yaqin masofada to‘lovni elektron amalga oshirish imkonini beradi.

“Malika”da Lenovo Vibe P1 smartfonining 16 GB talqini 1,233,000 mln. so‘mdan sotilmoqda.

Yurtimizdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qurilmalarining narxlari bilan Terabaytning “Narxlar” bo‘limida batafsil tanishib chiqing.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.