"Malika"dan maxsus: Xiaomi'ning yaxshi sotilayotgan 10 smartfoni

Xiaomi kompaniyasi gadjetlari tobora yurtimizda ommalashib bormoqda. Yaxshi suratga olishi va hamyonbop modellarning ham metall korpusga ega bo‘lishi, sifatli materialdan tayyorlanishi, Snapdragon yoki samarador chiplar va yorqin ekran bilan ta’minlanishi buning bosh omilidir.

2017 yilning 8 aprelida tahririyatimiz mutaxassislari poytaxtimizda joylashgan "Malika" ("Fleshka") savdo markazida bo‘lib, bu yerdagi smartfon savdosini tahlil qilib ko‘rdilar. Aytish joizki, ko‘pchilik sotuvchilarning fikriga ko‘ra, yaxshi sotilayotgan smartfon modellari orasida Xiaomi brendi mutloq g‘olib. Fursatdan foydalanib bu brendning eng xaridorgir smartfonlari "top-10"ligini shakllantirishga urinib ko‘rdik.

Bu borada birinchi o‘rinni Xiaomi Mi A1 smartfon modeli egalladi. 2017 yilda yurtimiz smartfon bozoriga kirib kelgan gadjet tashqi ko‘rinishi hashamdor va qo‘sh sensorli, ekran sifatli va Android tizimini Google'dan olib turadi. Uni USB Type-C orqali quvvatlash mumkin. Bu modelni ayni paytda 1 620 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

O‘qing: Xiaomi va Google Mi A1'ni taqdim qildi: kamera iPhone 7 Plus'niki kabi

Keyingi o‘rin narxiga munosib deb topilgan Xiaomi Redmi 5 Plus hamyonbop smartfoniga nasib qildi. Smartfon ko‘rinishidanoq o‘ziga maftun qiladi. Korpus bo‘ylab tortilgan nafis hoshiya, metalldan tayyorlangan orqa panel muhim jihat hisoblanadi. Diagonali 5,99 dyuymli va FullHD+ sig‘imli ekran 2,5D effektiga ega shisha bilan qoplangan. 8 yadroli Snapdragon 625 esa samaradorlik uchun yetarli. Mazkur model ayni paytda 1 386 000 so‘mdan boshlab sotuvga chiqarilgan.

O‘qing: Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus taqdim qilindi: to‘liq ekranli smartfon $120 dollardan

Uchinchi o‘rinda esa brendning eng arzon modellaridan biri bo‘lgan Xiaomi Redmi 4A modeliga nasib qilgan. 840 000 so‘mdan sotilayotgan smartfonga sifatli displey, bir tekis ishlaydigan o‘rtacha protsessor, uzoqqa yetadigan akkumulyator, yaxshi kamera o‘rnatilgan.

To‘rtinchi o‘ringa Xiaomi Redmi Note 4X modelini munosib deb topdik. 5,5 dyuymli ekran FullHD (1920×1080) sig‘imli hamda 2.5D himoya shishasi bilan qoplangan. Bu devaysni eng universal smartfon hisoblash mumkin. Jahonda ham bu model eng yaxshi sotilayotgan "mi"lardan biri. Xiaomi Redmi Note 4X smartfonini 1 260 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

"Beshlik"ni Xiaomi Redmi 5A yakunlab berdi. 4A modelining takomillashgan talqini undan bir yildan keyin taqdim qilingan. 100 dollarlik smartfonlar orasida Xiaomi Redmi Note 5a kabi suratkashni devaysni topish imkonsiz. Redmi Note 5A korpusi to‘liq metalldan ishlangan. Xiaomi Redmi 5A bahosi 850 000 so‘mni tashkil qilmoqda.

Xiaomi Redmi 4X yaxshi sotilish bo‘yicha reytingda oltinchi o‘rinni egalladi. Uning eng katta afzalligi sifatida sifatli ekrani, metall korpusi hamda 2-3 kunga yetadigan quvvat sig‘imdorligini aytish mumkin. Kompaniya bu modelning butun jahonda ommabopligini ham e’lon qilgan edi. Bu bestseller modelni esa yurtimizda 1 240 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

Xiaomi Redmi 5 modeli yettinchi o‘ringa ma’qul ko‘rildi. Metall va shisha uyg‘unligidagi korpus, romsiz dizayndagi 5,7' dyuymli va 1440x720 piksel (HD+) sig‘imli ekran, yap-yangi Android Nougat, MIUI 9 operatsion tizimi, yaxshi kamerasi bilan ushba model ham tezda yurtimizda nazarga tushishga ulgurdi. Uni ayni paytda 1 100 000 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

O‘qing: Xiaomi Redmi 5: "Malika"dan "beshni oling"!

Sakkizinchi o‘rinda turgan Xiaomi Mi Max 2 misoli "uy kinoteatri"! 6.44 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli) ekran, gadjetdagi stereo, ya’ni 2 ta audio karnay, Quick Charge 3.0 texnologiyasiga ega 5300 mA soat elektr tokini sig‘diradigan akkumulyator, 12 MP bosh va 5 MP old kameralar, yaxshi protsessor xaridorning diqqatini darrov tortadi. Bu smartfonni 1 860 000 so‘mdan boshlab sotuvga chiqarilgan.

O‘qing: Nihoyat, hamyonbop "mobil kinoteatr" endi “Malika”da!

Mi Note 3 smartfoni yaxshi sotilishda to‘qqizinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mi6 flagmanining yangi funksiyalar bilan boyitilgan talqini. Dizayni Mi6 modeliniki bilan bir xil bu smartfonning ekranni kattaroq -- 5,5 dyuymli va uning displeyi ikki yonga qayrilgan uslubda. Ekran sig‘imi — 1920 x 1080 pikselli. Korpus shisha va metalldan iborat. Uni  2 640 000 so‘mdan boshlab xarid qiling.

Yurtimizda yaxshi sotilish bo‘yicha "peshqadam o‘ntalik"ni kompaniyaning Mi 6 modeli yakunlab bermoqda. Smartfon hashamdor va kuchli protsessori, o‘tkir kamerasi bilan diqqatga sazovor. Mi 6 modelini siz 3 390 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

O‘qing: Kuchli flagman yarim bahosida!

Xiaomi smartfonlarni yuqorida ko‘rsatilgan narxlarda xarid qilish uchun, hamkorimizga +998 (71) 200-01-05 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni «Terabayt.uz» saytidan olganingizni eslating.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!