“Malika”ning o‘rta narxli, kuchli va yangi smartfoni bor!

“Malika”ning o‘rta narxli, kuchli va yangi smartfoni bor!

Xiaomi Mi Note 3 subflagmani 2017 yilning 11 sentyabrida romdan xoli dizaynli Mi Mix 2 smartfoni bilan birga taqdim qilingan. Bu fablet bir muddat avval taqdim qilingan Mi 6 flagmanining ulkanroq "nusxasi". Ularning dizayni, shishador korpusi hamda kameralari bir xil, faqat Mi Note 3 modeli uchun tanlangan protsessor samaradorlikda bir oz orqada.

 

Mi Note turkumiga mansub modellar doimo yirik displeyli fablet ekani, premium sinfga tegishli qimmat smartfonlar kabi nafis dizayni hamda yupqa, shisha va alyuminiy uyg‘unligida tayyorlangan jozibador korpusiga ega bo‘lgani bilan boshqa modellardan ajralib turadi. Bu model qimmat smartfon tutishni xohlagan, yaxshi suratga oluvchi, "bayroqdor" protsessorli smartfondan foydalanishni xohlaganlar uchun ishlab chiqariladi. 

Xiaomi Mi Note 3 modelini qo‘lga olar ekansiz yorqin displey va mahorat bilan ishlangan qayrilma korpus yonlari ko‘zni quvontiradi. Dizayn chindan ham tahsinga loyiq. Mi 6 flagmanining muvaffaqiyati Xiaomi korporatsiyasini bu mobil aloqa modelini yaratishga ruhlantirgan. 

Smartfonda Mi 6 modelining qator jihatlari, xususan qo‘sh sensorli bosh kamera, qiyofa yordamida smartfonni blokirovkadan chiqarish funksiyasi saqlab qolingan. To‘g‘ri, bu Apple taqdim qilgan Face ID emas, biroq foydali va qo‘shimcha qulaylik.

Ayni paytda Mi Note 3 fableti "Malika"da yaxshi sotilmoqda. Shuni inobatga olib, uni yaqindan o‘rganib ko‘rishga qaror qildik.

 

Dizayn hamda "istara"

O‘rta narxli mobil telefonlar sinfiga mansub Mi Note 3 smartfonini 5,5 dyuymli o‘lchamidagi fabletlar sirasiga kiradi. Uning tashqi ko‘rinishi xuddi shunday o‘lchamdagi iPhone 8 Plus modelidan kichikroq.

Smartfon orqa paneli shisha bilan qoplangan. Ya’ni, uni qo‘lda ushlash ham oson bo‘lishi bilan birga, sal ehtiyotsizlik ham unga zarar yetkazishi mumkin.

Mi Note 3 smartfonining moviy rangli talqinida korpus tilla rang romlar bilan o‘rab olingan. Uning qora rangli talqini esa iPhone 7'ning Jet Black talqini bilan bir xil, ya’ni yaxlit qora.

Smartfon old panelidagi markaziy tugma barmoq izi skaneri vazifasini ham bajaradi. Uning ishlashi aniq va tezkor.

Bu sensorning atrofida esa 2 ta ostki yoritish tizimiga ega sensor klavishlar mavjud. Ular yordamida «bosh menyu» hamda «kontekst menyu»siga qaytish mumkin.

Mi Note 3 old kamerasi ekran yuqorisida joylashgan, uning yonidan ovoz dinamigi o‘rin egallagan. Bu dinamikning ovoz uzatishi biland va aniq-tiniq. Ovoz sifati — yuqori.

Smartfon quyisida universal USB Type-C portiga duch kelamiz. Uning yonida dinamiklar va mikrofonni himoya qilib turgan tuynuklarga duch kelamiz. Dinamiklarda qimmat smartfonlardagi kabi stereo effekt bo‘lmasa ham, tovush sifati yuqori va tiniq.

Mi Note 3 korpusi yon tomonida ovozni boshqarish uchun cho‘zinchoq tugma, shu bilan birga uning qatorida o‘chirish va yoqish tugmasi bor. Tugmalar pishiq va mustahkam, o‘z ishini bekamu ko‘st bajaradi.

Smartfonning tom qismida  IQ-port bor. Bilasiz bu infra qizil nurli port orqali uydagi boshqa jihozlarni masofadan boshqarish mumkin. Shuningdek, bu yerda shovqinni kamaytiradigan ikkinchi mikrofon ham bor. Suhbat mikrofoni noodatiy joylashtirilgan bo‘lsa ham, bu ovoz sifatiga ta’sir qilmaydi. Shovqin joyda ham suhbatdoshni aniq-tiniq tinglash mumkin.

Smartfon korpusining chap tomonida sim-karta uchun bo‘lmacha mavjud. Unga faqat 2 ta sim-karta o‘rnatish mumkin. microSD uchun bo‘lmacha ko‘zda tutilmagan.

Mi Note 3 orqa panelidan juda taassurotli va smartfon korpusi shisha bilan qoplangan bo‘lsa ham, dog‘ga u qadar o‘ch emas.

Ayniqsa, qo‘sh sensorli kameralar hamda yuqoridagi fotochaqnoq qimmatbaho devayslarni eslatadi. Boisi, ular korpusdan bo‘rtib chiqmagan va umumiy dizayn bilan yaxlit, atrofi esa nafis halqa bilan o‘rab olingan.

Sezgan bo‘lsangiz, bu smartfon an’anaviy va qadrdon 3.5 millimetrli audio tuynukdan voz kechgan. Shu sababli, qadoqda Type-C shaklidagi maxsus perexodnik ham taqdim qilinadi.

Shu bilan birga, qadoqdagi silikon chexol xaridor uchun kutilmagan sovg‘a. Bu chexol bir oz shaffof hamda orqa panelni tirnalishlardan himoya qiladi.

Samaradorlik va platforma

Xiaomi odatda bu turkumni kuchli chipsetlar bilan ishlab chiqarar edi. Shuning uchun Xiaomi Mi Note 3 taqdimoti kuni ko‘pchilik uning o‘rta imkoniyatli Snapdragon 660 protsessori o‘rnatilganidan xabar topgach, kompaniya yaxshi bir flagmanlar turkumini "ko‘mganini" xayoldan o‘tkazgan bo‘lsa ajab emas.

Biroq, bir jihatni aytishimiz kerak, mana shu o‘rta imkoniyatli Snapdragon 660 protsessorining samaradorligi Antutu benchmarki imtihonlarida bir nech yil avval yetakchi protsessor hisoblangan Snapdragon 820'ning natijalari bilan bir xil va 2015 yilda kuchli chip hisoblangan Snapdragon 821'ga yetib olishiga ozgina qoladi. Bu farq ko‘pchilik foydalanuvchilarga sezilmasligi mumkin.

Mi Note 3 smartfonidagi operativ xotira 6 yoki 4 GB, doimiysi — 64 yoki 128 GB.

Mi Note 3'dagi operatsion tizim — Android'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 talqini. Gadjetda Android Pay uchun NFC,  stereodinamiklar, IQ-portlari ham mavjud. 2 ta SIM-krataga mo‘ljallangan smartfon LTE, Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 5.0, GPS/GLONASS/Beidou tarmoqlarida ishlaydi.

Qolgan jihatlari ham yomon emas — tezkor xotira yoki doimiy xotiraning ishlashi ham ko‘ngildagidek. Smartfon ba’zida bir oz qiziydi. Ayniqsa, qishda bu foydalanuvchi uchun qo‘shimcha issiyliq manbasi :)

Xiaomi Mi Note 3 aloqaning GPS tarmog‘ida qiynalmay, aniq faoliyat ko‘rsatadi.

Umumiy xulosada aytish mumkinki, mazkur mobil aloqa vositasining samaradorligi sizni xursand qiladi.

Kamera imkoniyatlari

Mi Note 3 bosh kamerasi 2 modulli, har biri 12 Mp sig‘imli. Ularning yordamida ob’yektni 2 karra yaqinlashtirib yoki orqa fonni g‘ira-shira qilib ham suratga olish mumkin. Old kamera — 16 megapikselli. Kamerada foydalanuvchi qiyofasini tanish funksiyasi ham tatbiq qilingan.

Kamera modullari Xiaomi Mi6 modelinikidan farq qilmaydi.

Bosh kamera — 12 Mp keng burchakli hamda 12 Mp «telefoto» linzali modullardan iborat. Bosh kamera iPhone 7 Plus’ning jihatlariga ega. Bu modullar manzarani professional effektlar bilan muhrlash imkonini beradi.

Ilk modul (Sony IMX 386) — 27 mm, diafragma hajmi – f/1.8, 4 o‘qli optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Ikkinchi modul (Samsung S5K3M3) — 52 mm, diafragma hajmi – f/2.6. Bosh kamerada maxsus portret rejimi mavjud. Bu rejimda orqa fonni g‘ira-shira qilib yaxshi portret olish mumkin.

Kamera 2 karralik optik hamda 10 marotabalik raqamli yaqinlashtirish funksiyalariga ega. Kamerada suratni to‘rt o‘qli tizim asosida barqarorlashtiruvchi maxsus ilg‘or texnologiya ham tatbiq qilingan. Flagmanda 8 megapikselli old kamera mavjud.

12 megapikselli telefoto-ob’yektiv sifatni yo‘qotmasdan turib manzarani 2 karra yaqinlashtirib suratga olish va yon tomon effektlariga ega portret rejimida suratga olish imkonini beradi.

Bosh kamera tasvirni o‘ta yuqori bo‘lgan 4K formatda yozib oladi.

Old kamera Xiaomi Mi6'nikidan ko‘ra yaxshilangan — 16 megapikselli. Kamerada foydalanuvchi qiyofasini tanish funksiyasi ham tatbiq qilingan.

Quyida flagman kamerasida olingan quratlarga baho bering.

Bu esa old kameraning ijodiga mansub:

Ekranning o‘ziga xosliklari

Xiaomi Mi Note 3 ekrani — 5.1 dyuym displeyli Mi6 flagmanidagi ekrandan kattaroq -- 5,5 dyuymli va uning displeyi ikki yonga qayrilgan uslubda.

Uning piksellar sig‘imi – Full HD (1920 x 1080). 2,5D effektiga ega bu shisha qayrilma shaklda va unga yog‘-dog‘ga qarshi sifatli qoplama yotqizilgan.

 

Displey sifati yuqori va yorug‘lik 1 dan 511 kd/m² darajagacha o‘zgaradi. sRGB rang makonida rang qamrovi yuqori, rang harorati me’yoridan bir oz past. Lekin, sozlamalar orqali bu kamchiliklarga barham berish mumkin.  Ekranning NTSC rang makonidagi ranglar qamrovi 94,4 foizni tashkil qiladi.

Ekranning 600 nit yorug‘lik ishlab chiqarishi undan ochiq kund faol foydalanish, tunda esa yorug‘lik miqdorini kamaytirish rejimidan foydalanish, ekrandagi ko‘k nur miqdorini kamaytirish imkonini beradi.

Displeyda rang to‘yingan aks etadi. Bu smartfonda ham "mutolaa" rejimi mavjud. Xulosa qilib aytganda, smartfon ilg‘or IPS displeyga ega bo‘lgan.

Quvvatdorlik

Smartfonda 3500 mA soat tok sig‘imiga batareya o‘rnatilgan. Qualcomm 660 chipining juda tejamkor ekani hisobga olinsa, quvvatni "yeydigan" IPS ekrangan ham qaramasdan,  smartfon to‘liq quvvat bilan 1,5 kun "yashay oladi", hatto faol foydalanganda!

Quvvatlashning Qualcomm Quick Charge 3.0 texnologiyasi smartfonda tatbiq qilingan hamda uning to‘liq quvvat olishi uchun 1 soat va yana 10 daqiqa kerak bo‘ladi.

Narx va navo

Mi Note 3'ning 4 GB "operativka" va 64 GB doimiy xotirali talqini Xitoyda 375 AQSh dollari, 6/128 GB modeli 435 dollar, maxsus ko‘k rangli, 6/128 GB talqini 450 dollardan sotuvga chiqarilgan.

"Malika"ga hozircha smartfonning qora korpusli talqini yetib kelgan va boshqa talqinlar ham uchrab turadi.

Mi Note 3 modelinining 4/64 gigabaytli xotiraga ega talqinini 2 702 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

 

Xulosa

Xiaomi Mi Note turkumi yirik diagonali ekranni xush ko‘ruvchilar, samaradorlikda ham imkoniyatlari yaxshi bo‘lgan, kamerasi tiniq surat muhrlaydigan model ishqibozlari uchun.

Qualcomm 660 protsessori bilan bir oz kamtar ko‘rinsa ham, Xiaomi Mi Note 3  aslida yuqori imkoniyatli smartfon. Ayniqsa, 12 Mpiks aniqligidagi kameralar kuchli smartfonlar kabi rang-barang surat olish imkoniga ega. 2D yoki 3D ilovalar yoki rejimlarda ham gadjetning samaradorligi oqsab qolmaydi.

Devaysning quvvatdorligi ham quvonarli. Hatto Samsung flagmanlari ham bu borada uning oldida "ip esha olmaydi".

Audio quloqchinlar uchun qadrdon audio tuynukni yo‘qligi (maxsus perexodnik borligi uchun bu katta muammo emas!) yoki qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha yo‘qligi sizni tashvishga solmasa, Xiaomi Mi Note 3 aynan siz uchun ishlab chiqarilmoqda.

Xiaomi Mi Note 3'ning texnik jihatlar:

Ekran: 5.5 dyuym, IPS, 1920 x 1080 pikselli;
Protsessor va video karta: Qualcomm Snapdragon 660, Adreno 512
Xotira: 6 GB + 64 GB yoki 6 GB + 128 GB, qo‘shimcha xotira kartasi yo‘q
Bosh kamera: qo‘sh sensorli - 12 MP (27 mm, f/1.8, OIS va 52 mm, f/2.6);
Old kamera: 16 MP aniqligida;
Operatsion tizim: Android 7.1 Oreo + MIUI 9.0
SIM-kart: 2 ta
Simsiz tarmoqlar: Wi-Fi .ac, Bluetooth 5.0 LE, NFC, GPS
LTE: FDD B1 2100MHz, FDD B3 1800MHz, FDD B5 850MHz, FDD B7 2600MHz, FDD B8 900MHz;
Navigatsiya: GPS, Glonass, Beidou;
Barmoq izi skaneri: Bor
Datchik va sensorlar: oraliq-masofa datchigi, yorug‘lik miqdori sensori, magnit maydon, qon bosimi datchigi, akselerometr, giroskop, qadamlarni sanaydigan datchik;
Akkumulyator: ajralmas, Li-Ion 3500 mAch, QC 3.0 tezkor quvvat olish funksiyasi;
O‘lchami hamda vazni: 152.6 x 74 x 7.6 mm, 163 gramm;
Narxi: 2.7 mln so‘mdan boshlab.

Devaysni shu narxda xarid qilish uchun, +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali «Terabayt.uz» sayti menejeriga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos,murojaat etganingizda, narxlarni va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!