Marhamat, so‘rovnoma natijalari!

  •   DiMaX
  •  2009
  •  27.06.2017 15:10

Marhamat, so‘rovnoma natijalari!

Xabaringiz bor, saytimiz o‘quvchilari orasida Apple hamda Samsung orasidan qay birini xush ko‘ruvchilar ko‘proq ekanligini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil etgan edik. Endi uning natijalari bilan tanishamiz.

Mazkur so‘rovnomada (https://goo.gl/forms/3bElxKqSQWcRjctf2 manzilida) ko‘plab muxlislarimiz qatnashishdi, avvalo ularning barchasiga o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Qolaversa, texnik sabablarga ko‘ra so‘rovnoma natijalarini va’da qilingan paytda e’lon qilish imkoni bo‘lmadi, buning uchun siz azizlardan uzr so‘raymiz.

Xullasi kalom, shu paytgacha jami 4662 marta javob berilgan. Uning natijalariga nazar solsak, Apple kompaniyasi 82,1% ovoz bilan yaqqol yetakchilikni egallab turibdi! Samsung’ni yoqlab berilgan ovozlar esa 17,9 foizni tashkil etgan.

Endi ovoz berishlar dinamikasiga ham bir nigoh tashlaymiz. Unga ko‘ra, eng ko‘p ovoz berilgan sana – 24 iyun bo‘lib turibdi.

Aytish kerakki, bu sahifada ayni damda ham ovoz berish imkoniyati saqlanib turibdi, biroq mazkur xabarimiz bilan so‘rovnoma yakuniga yetganligini ma’lum qilamiz. Shu bilan birga, so‘rovnomada berilgan ovozlar foydalanuvchilarning fikrini xolis aks ettirayotganligini, uning natijalariga Terabayt.Uz saytining aloqasi yo‘qligini ham ta’kidlab o‘tamiz.

Unda ishtirok etgan, do‘stlariga tavsiya qilgan barcha-barchaga yana bir bor rahmat, deymiz. Bizdan uzoqlashmang – oldimizda yana ko‘plab qiziqarli so‘rovnomalar, maqola va xabarlar kutyapti.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!