Mart oyining eng yaxshi 10 smartfoni: AnTuTu versiyasi

  •   DiMaX
  •  1865
  •  22.04.2017 12:54

Mart oyining eng yaxshi 10 smartfoni: AnTuTu versiyasi

AnTuTu – smartfonlarning samaradorligini o‘lchashga mo‘ljallangan eng keng ommalashgan benchmark servisi va uning ilovasi. Uning testlari, mohiyatiga ko‘ra, mobil qurilmalarning imkoniyatlarini tekshiruvchi standart bo‘lib ham qolgan.

Har bir testning natijasi va foydalanuvchilarning fikrlari AnTuTu onlayn bazasiga jo‘natiladi. Buning sharofati bilan u yerda katta hajmdagi statistik ma’lumotlar jamlanib boradi. Shular asosida esa biror mavsumdagi eng yaxshi qurilmalar modellarini aniqlash mumkin bo‘ladi.

Kompaniyaning Twitter’da e’lon qilgan navbatdagi tadqiqot natijalari 2017 yilning mart oyidagi samaradorligi eng yuqori bo‘lgan 10 ta smartfonni aniqlab berdi. Unda cho‘qqidagi ikkita o‘rinni Apple qurilmalari egallab olgan, ammo uning ortidan allaqachon OnePlus va LeEco yetib kelay, deb turishibdi.

Shuningdek, gadjetlar samaradorligining ular narxi bilan o‘zaro uyg‘unligi ham mazkur benchmark servisida ko‘rib chiqilgan. Quyidagi diagramma yordamida siz, qaysi smartfonlar o‘ziga sarflangan har bir dollarga qanchalik loyiq ekanini ko‘rishingiz mumkin.

Ayon bo‘lyaptiki, bunda birinchilikni Lenovo mahsuloti egallagan, ammo shundoqqina undan keyingi naq to‘rtta (!) o‘rin LeEco qurilmalariga tegishli ekaniga qarasak, mazkur firma narx siyosati borasida ancha yuqorida ekani ma’lum bo‘ladi. Ko‘pchilikka sevimli bo‘lgan Xiaomi ham reytingdan joy olgan, ammo faqat ikkitagina modeli bilan.

Reytingdagi yana bir nechta qurilmalarning nomini esa Xitoydan tashqarida hech kim eshitmagan ham bo‘lsa kerak. Bu shundan dalolat beradiki, mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilar ichki bozor uchun ham baquvvat, hamyonbop devayslar taqdim etishayotir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!