Mask insoniyatni kiborgga aylantirishni taklif qildi

  •   DiMaX
  •  959
  •  17.02.2017 11:48

Mask insoniyatni kiborgga aylantirishni taklif qildi

Ixtirochi va tadbirkor Ilon Mask, kelajakda taraqqiyotdan chetda qolib ketmasligi uchun insoniyat kiborgga aylanishi kerakligini ta’kidladi, deb yozadi Korrespondent nashri. Aks holda, u robotlar bilan raqobatga dosh bera olmaydi, deb hisoblaydi biznesmen.

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari sun’iy ong insoniyatning tabiiy aqlidan ilgarilab ketadi, degan fikrda. Robotlashtirishning taraqqiy etishi bilan ko‘pchilik ishchilar o‘z ish joylaridan mahrum bo‘lishadi, chunki ularning o‘rniga mashinalar keladi. Bu esa, tabiiyki, ishsizlikning ortishiga olib keladi.

Odamzod mashinalar bilan raqobatlasha olmaydi, chunki mashinalarni deyarli har qanday ishni bajarishga moslashtirish mumkin. Odam-ishchilar esa, mehnat bozorida ularga bas kela olish uchun o‘zini qo‘shimcha interfeyslar orqali yaxshilashi lozim. Bu esa keyinchalik rohat-farog‘at va taraqqiyotga olib boruvchi yo‘ldir, deydi Mask.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!