Mate X – Huawei’ning yana bir flagman smartfoni!

  •   DiMaX
  •  1255
  •  13.02.2018 11:08

Mate X – Huawei’ning yana bir flagman smartfoni!

Yevropa Ittifoqining Intellektual mulk boshqarmasi saytida qiziqarli ma’lumot paydo bo‘ldi. Huawei kompaniyasi unda yangi – Mate X savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu nom «Mobil telefonlar; smartfonlar» bo‘limiga kiritilgan.

O‘QING: Romsiz Huawei P20 Lite’ning har tomonlama «jonli» suratlari va videosi tarqaldi

Ehtimol, Mate X degani Huawei Mate 10 flagmanining yaxshilangan versiyasidir. Shuningdek, u mutlaqo yangi smartfon bo‘lishi ham mumkin.

Qizig‘i shundaki, Huawei mahsulotlari orasida allaqachon shunga yaqin nomdagi qurilma mavjud. Ya’ni, o‘tgan yili taqdim etilgan Huawei Matebook X noutbuki. Xitoylik kompaniya nega o‘zaro o‘xshash nomda gadjetlar chiqarishga qaror qilgan ekan?

Mate X smartfoni kupertinolik gigantning iPhone X superflagmaniga o‘ziga yarasha javob bo‘lishi ham mumkin. Agarda xitoylik korporatsiya chindan ham shu nomda smartfon tayyorlagan bo‘lsa, uning taqdimotini Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: Huawei ham Apple va Google'dek "havodan pul qilish"ni boshladi