MB: Shanba kuni Uzcard belgilangan tartibda ishlaydi

MB: Shanba kuni Uzcard belgilangan tartibda ishlaydi

O‘zbekiston Markaziy banki va Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) shanba kuni to‘lov tizimlari faoliyatida uzilishlar bo‘lishi haqidagi xabarlarni inkor etdi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 14 yanvarda barcha chakana to‘lov tizimlari, jumladan bank plastik kartalari asosidagi „Uzcart“ chakana to‘lov tizimi ham belgilangan tartibda uzluksiz ravishda ishlashini ma’lum qiladi.

YaUPM ham profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilmayotgani va Uzcard kartalari egalari to‘lovlarni muammosiz amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qildi.

Juma kuni SMS xabarnomalar va internet tarmog‘ida Markaziy bank tarmoqlarida profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan 14 yanvar kuni 9:00 dan 18:00 ga qadar to‘lov tizimlari ishlamasligini xabar qilindi. Keyinroq esa kompaniya to‘lov tizimlari to‘xtalishlarsiz ishlashda davom etishi to‘g‘risidagi press-reliz paydo bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!