Meizu 15 Plus: suratlari va narxi e’lon qilindi

Meizu 15 Plus: suratlari va narxi e’lon qilindi

So‘nggi kunlarda internet tarmog‘ida Meizu 15 Plus flagmanining yangi render suratlari tarqalmoqda.

Meizu kompaniyaning 15 yilligi munosabati bilan taqdim qilinayotgan Meizu 15 Plus platformasida Snapdragon 845 yoki Exynos 8895 chipsetlari, 6 gigabaytli tezkor va 128 gigabaytli doimiy xotira bo‘ladi. Flagman 6,01 dyuymli yorqin ekran bilan ta’minlanadi.

Kecha e’lon qilingan navbatdagi fotosuratda bu telefon apparatining narxi ham ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, xitoylik bo‘lajak kuchli smartfon 530 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Suratlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, flagman korpusi metall va shishadan tayyorlanadi. Bu texnologiya kompaniya uchun yangilik emas. Meizu 15 Plus orqa panelida qo‘sh sensorli, vertikal holatda joylashgan bosh kamera mavjud.

Ekspertlarning fikricha, barmoq izi skaneri korpusning o‘ng yonidan o‘rin egallaydi. Meizu M6S smartfonida ilk marotaba bunday yechim taqdim qilingan edi. Umuman olganda, Meizu 15 Plus o‘ta yupqa romlarga ega bo‘ladi. Uning displeyi qayrilma burchakli dizaynda ishlanadi.

Shu bois ham u ko‘rinishdan iPhone X'ni eslatib yuborishi mumkin. Faqat xitoylik telefon peshonasida sensorlar uchun o‘yiq joy bo‘lmaydi. Shuningdek, audio quloqchinlar uchun 3,5-millimetrli port saqlab qolinadi.

Meizu 15 Plus flagmanining shu yilning martida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. U bilan birga uning soddaroq talqini bo‘lgan Meizu 15 ham taqdim qilinadi. Meizu 15 Plus kompaniyaning bosh flagmaniga aylanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!