Meizu A5 – yuz dollarlik yangi smartfon!

  •   DiMaX
  •  2153
  •  03.07.2017 17:51

Meizu A5 – yuz dollarlik yangi smartfon!

Meizu kompaniyasi Xitoyda o‘zining yangi – A seriyasiga mansub ilk smartfonini taqdim etdi. Bu – hamyonbop Meizu A5 modelidir, deb yozadi Ferra.ru.

Mazkur smartfon diagonali 5 dyuymga teng HD (720x1280 pikselli) displey bilan jihozlangan. Uning asosiy kamerasi 8, old kamerasi esa 5 megapikselli.


Meizu A5 to‘rt yadroli MediaTek MT6737 protsessorida ishlaydi. Uning tezkor xotirasi 2 gigabayt, ichki flesh-xotirasi esa 16 gigabayt hajmga ega. Shuningdek, qurilmaga 128 GBgacha hajmdagi microSD xotira kartasini qo‘yish imkoni mavjud. Akkumulyatori ham chakki emas – 3060 mA/soat sig‘imga ega.

Ushbu gadjet ikkita SIM-kartani, LTE, Wi-Fi (802.11 a/b/g/n), Bluetooth 4.1 LE, GPS va GLONASS tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning o‘lchamlari 144x70,5x8,3 millimetrni, vazni esa 140 grammni tashkil etadi. Devays Android bazasidagi Flyme 6 firma qobig‘i boshqaruvida ishlaydi.

Smartfonga 699 yuan miqdorida narx belgilangan, bu esa 103 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!