Meizu g‘ayrioddiy pover-bankni sotuvga chiqaradi

Meizu g‘ayrioddiy pover-bankni sotuvga chiqaradi

«Illumination Entertainment» studiyasining minonlar haqidagi Despicable Me 3 (Men yaramas - 3) multfilmi Xitoy kino prokatida rekord darajada pul to‘plagani munosabati bilan, Meizu kompaniyasi 7/7/17 sanasida mazkur animatsion asarga bag‘ishlangan qiziqarli dizayndagi mavzuli "quvvat bankasi"ni namoyish qildi.



Meizu Power Bank Minion Yellow Special Edition deb nomlangan mazkur tashqi akkumulyator sariq rangli korpusda bo‘lib, unga multfilm qahramoni bo‘lgan minonning qiyofasi tushirilgan. Shu bilan birga, akkumulyator mavzuli dizaynga xos ravishda himoya g‘ilofiga ega.

Meizu Power bank quvvat bankasi 10 000 mA soat elektr tokini o‘zida jam qila oladi. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, akkumulyator tezkor quvvat oladi va shuningdek, smartfonga tezkor quvvat yetkazib beradi. Aniqrog‘i bu qurilma 10 daqiqada smartfon quvvatini 25 foizgacha to‘ldirishi mumkin.

Meizu Power Bank Minion Yellow Special Edition 45 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.