Meizu kompaniyasi Pro 6S va Pro 6 Plus telefonlarini tayyorlayapti

Meizu kompaniyasi Pro 6S va Pro 6 Plus telefonlarini tayyorlayapti

Internet tarmog‘idagi nashrlarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning Meizu kompaniyasi Pro 6S va Pro 6 Plus smartfonlarini oktyabr oyining so‘ngida namoyish etadi.

Meizu Pro 6S modeliga 5,2 dyuymli ekran va MediaTek Helio P20 protsessori o‘rnatilsa, Pro 6 Plus esa 5,7 dyuymli displey va Samsung Exynos 8890 protsessori bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, Xitoyning 3S tashkiloti tomonidan yaqinda Meizu’ning M611A seriyasidagi 4,7 dyuymli Yun OS interfeysida ishlaydigan telefoni ham sertifikatlangan. Hozircha ushbu smartfonning arzon modellar qatoriga kiritilishi taxmin qilinmoqda.

Pro 6S va Pro 6 Plus modellariga qarashli boshqa texnik parametrlar ma’lum qilinmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!