Meizu M3 Note: “Malika”dagi hamyonbop smartfonga nazar solamiz

Meizu M3 Note: “Malika”dagi hamyonbop smartfonga nazar solamiz

Ishlab chiqaruvchi: Xitoyning Meizu kompaniyasi.

Taqdim qilingan vaqti: 2016 yil, Aprel.

Meizu M3 Note Meizu kompaniyasining smartfon bozorining hamyonbop mobil aloqa vositalari turkumi uchun ishlab chiqarilgan gadjeti.

Meizu M3 Note apparatida 5.5 dyuymli IPS-matritsadan foydalanilgan. LTPS IPS LCD texnologiyasida ishlab chiqarilgan ekranning piksellar sig‘imi 1920×1080 belgiga teng (har dyuymda 406 piksel). Displeyning tasvir yetkazish ko‘nikmasi juda yuqori. Unda yorug‘lik manbaasi yetarli va tasvir uzatishi tabiiylikka yaqin. Uning ekrani Xiaomi Redmi Note 3’niki bilan bellasha oladi. Ekranda ekran osti yorug‘ligini avtomatik boshqarish tizimi hamda himoya shishasi mavjud. Ekran multitach funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Korpus metall va shisha xomashyosidan tayyorlangan. Uning antenna liniyalarida plastik uloqlardan ham foydalanilgan. Korpus o‘lchamlari: 153.6 x 75.5 x 8.2 mm, vazni 163 gramm. Korpusda 2 ta Nano-SIM karta uchun joy ajratilgan. Ulardan biri microSD bo‘lmasi vazifasini bajarib, 256 GB.gacha xotira fleshkasini o‘qiy oladi. Korpusda 3.5 mm audio garnitura, quvvatlash va ma’lumot almashish uchun microUSB (USB 2.0, MHL) portiga ham joy ajratilgan. Meizu M3 Note batareyasi sig‘imi 4100 mA soat.

Meizu M3 Note smartfoni Android OS, v5.1 (Lollipop) operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Uning tezkor xotirasi talqinidan kelib chiqib, 2/3 GB. Doimiy ichki xotira sig‘imi 16/32 GB. Unga Mediatek MT6755 Helio P10 chipi, 8 yadroli Cortex-A53 (4 yadroli Cortex-A53 1.8 GGs hamda 4 yadroli 1 GGs chastota tezligida ishlaydigan Cortex-A53) protsessori va Mali-T860MP2 videokartasi o‘rnatilgan.

Meizu M3 Note smartfonining bosh kamerasi 13 MP, u 5 linzali bo‘lib, apertura hajmi f/2.2. Bosh kamera fazali avtofokus tizimi, 2 xil tus beradigan svetodiodli fotochaqnoqqa, geografik manzilni belgilash, fokusni belgilash, yuzni aniqlash funksiyalarga ega. U 1080p sig‘imli video tasvirga oladi. Old kamera 5 megapikselli suratlar oladi, uning aperturasi hajmi f/2.0, bu kamera ham 1080p sig‘imli video tasvirga oladi.

Smartfonda olingan suratlardan namunalar:

Meizu M3 Note aloqaning GSM/EDGE, UMTS/HSDPA, LTE (TD/FDD-LTE)/ Wi-Fi (a/b/g/n) Dual-Band, Bluetooth 4.0 (LE), GPS (A-GPS), Glonass kabi mobil va mahalliy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, unda mTouch 2.1 texnologiyasida ishlaydigan barmoq izlari skaneri, akselerometr, yorug‘lik datchigi, oraliq-masofa sensori mavjud.

16 GB doimiy ichki xotiraga ega Meizu M3 Note “Malika”da 1,130,250 mln. so‘mdan sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!