Meizu M5 Note smartfoni 6 dekabrda namoyish etiladi

Meizu M5 Note smartfoni 6 dekabrda namoyish etiladi

Xitoyning Meizu kompaniyasi Meizu M5 Note  smartfonini 6 dekabrda taqdim etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda China Review nashri. Avvalroq tarmoqda kuzatilgan ma’lumotlarda ushbu smartfon 30 noyabrda namoyish etilishi ma’lum qilingan edi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra ishlab chiqaruvchi taqdimotni bir necha kunga kechiktirgan.

Xitoy telekommunikatsiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida qayd etilgan smartfonga doir tafsilotlarga qaraganda, model 5,5 dyuymli FHD ekran, sakkiz yadroli Helio P10 protsessori, 2/3/4 GB operativ, 16/32/64 GB (uch xil modifikatsiyada) doimiy xotira, 13 va 5 MPli kameralarga ega bo‘ladi. Akkumulyatorning sig‘imi ancha yirik – 4000 mA/soat. Hozircha smartfonning narxi noma’lum, biroq taxminlarga ko‘ra uning eng arzon versiyasi (2/16 GB) 130 dollar atrofida sotilishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!