Meizu’ning yubiley smartfoni ham uch xil versiyada chiqadi!

  •   DiMaX
  •  1214
  •  12.02.2018 10:34

Meizu’ning yubiley smartfoni ham uch xil versiyada chiqadi!

Xitoyning tobora keng tanilib kelayotgan smartfonsozlaridan biri Meizu kompaniyasi bo‘lib, u bu yil 15 yilligini nishonlamoqda. Shunga bag‘ishlab, kompaniya o‘zining yangi flagmani – Meizu 15 modelini taqdim etishni ko‘zlagan.

O‘QING: Meizu'ning yubiley smartfoni iPhone X'dan zo‘r!

Aftidan, mazkur smartfonsoz o‘z muxlislarini birato‘la uchta yangi model bilan quvontirishga bel bog‘lagan. Bu – yubiley smartfonining Meizu 15, 15 Lite hamda 15 Plus versiyalaridir.

Bu xususda xitoylik insayder @MMDDJ_ o‘zining Twitter-akkaunti orqali xabar bergan:

Hozircha bu smartfonlarning xususiyatlari aniq emas, ammo, avvalroq «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, Meizu 15 Plus modeli Qualcomm Snapdragon 845 yoki Samsung Exynos 8895 protsessori bazasida ishlaydi. Shisha korpusli va qo‘shaloq kamerali bu smartfonning 6/128 hamda 8/128 gigabayt hajmli tezkor/doimiy xotiralarga ega talqinlari chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Meizu 15 Plus: suratlari va narxi e’lon qilindi

Meizu 15 versiyasi 475, «plyusli»si esa 550 AQSh dollariga baholanishi kutilmoqda. Meizu 15 Lite versiyasi haqida esa hozircha mutlaqo hech nima ma’lum emas.

Ushbu smartfonlar uchligining taqdimoti xitoycha yangi yil bayramidan keyin, ya’ni fevralning oxiri – martning boshlarida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, O‘zbekistonda katta talab bilan sotilayotgan Xiaomi telefonlari singari, Meizu kompaniyasining smartfonlari ham yuqori darajadagi sifat va narx uyg‘unligiga ega.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!