Meizu Pro 6 Plus kamerasi qanday rasmga oladi?

Meizu Pro 6 Plus kamerasi qanday rasmga oladi?

Bundan bir necha kun avval Xitoyning Meizu kompaniyasi musiqiy flagman – Meizu Pro 6 Plus modelini taqdim qilgani to‘g‘risida xabar bergan edik. Kuni kecha esa Rossiyaning Mobile Telefon nashri ushbu smartfonning qisqa tavsifini e’lon qildi.  Ushbu material asosida biz mazkur flagmanning kamerasiga tegishli imkoniyatlar haqida so‘z yuritamiz.

Meizu Pro 6 Plus kamerasi Sony IMX386 sensori asosida ishlangan. Aniqligi 12 MP, piksel o‘lchami 1,25 mkm, lazerli va fazali avtofokusga ega, diafragmasi f/2.0 bo‘lgan 6 linzali optika va 10-diodli chaqnoq bilan jihozlangan. Kamera 4 chiziqli optik stabilizatsiya va Samsung tomonidan yaratilgan tasvirni qayta ishlash protsessori bilan quvvatlanadi.

Quyida Meizu Pro 6 Plus kamerasidan olingan suratlar keltirilgan:

camera_pro6plus_01_resize camera_pro6plus_05_resize

camera_pro6plus_02_resize camera_pro6plus_04_resize

camera_pro6plus_06_resize camera_pro6plus_07_resize

camera_pro6plus_08_resize camera_pro6plus_12_resize

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!