Meizu Pro 7 AnTuTu’da Galaxy S8 bilan bir xil ball to‘pladi

Meizu Pro 7 AnTuTu’da Galaxy S8 bilan bir xil ball to‘pladi

Insayderlar tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Meizu kompaniyasi taqdimotga tayyorlayotgan yangi Meizu Pro 7 flagmani smartfoni elektron gadjetlarning platforma samaradorligini baholaydigan AnTuTu benchmarkida 163 624 ball to‘plagan. Mobil telefon bu natijaga o‘zidagi hozircha eng kuchli Snapdragon 835 protsessori evaziga qayd etgan.

Xiaomi yaqinda taqdim etgan va xuddi shu protsessorga ega Xiaomi Mi 6 flagmani esa mazkur testda 170 000 ball to‘plagan edi. Shuningdek, shu protsessorga ega Galaxy S8 bu imtihonda 163734 ball, Apple’ning shaxsiy chipiga ega iPhone 7 Plus 160 262 ball to‘plagan.

Xiaomi Mi 6 flagmaniga qarshi bozorga chiqishi kutilayotgan Meizu Pro 7 diagonali 5,7 dyuym bo‘lgan 4K sig‘imli AMOLED-displey (ya’ni 3840 × 2160 pikselli!)ga ega bo‘ladi. Smartfondagi grafik-tasvirni qayta ishlash uchun esa yana bir samarali IMG 7XTP-MT4 videokartasi mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, protsessorda alohida LTE-modemining bo‘lishi ham kutilmoqda. Meizu Pro 7’ning oddiy talqini 4 GB tezkor va 128 Gbayt doimiy ichki xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, gadjetning 6/8 Gbayt.li tezkor xotiraga ega talqinlari ham ishlab chiqariladi.