Mercedes-Benz'ning kelajak elektrokari xayolni o‘g‘irlaydi

Mercedes-Benz'ning kelajak elektrokari xayolni o‘g‘irlaydi

Har yili avgust oyida Kaliforniyada o‘tkaziladigan Monterey Car Week avtomobil sanoati ko‘rgazmasining bu yilgisi Mercedes-Benz savdo belgisining 6 metr uzunlikdagi Mercedes-Maybach 6 Cabriolet elektromobili muqobilining namoyishi bilan o‘zgacha tus oldi.

1930-yillarga xos art-deko uslubida shohona dizaynda bezatilgan mashina yuqori texnologiyalar bilan kelajak elektromobillariga xos trendlarni taklif qilmoqda. 2 kishilik mashina o‘ta ta’sirchan va sezgir.

"Kelajak avtomobili" deya laqab berilgan elektromobilning saloni to‘laligicha sensorlar jamlanmasi, elektron displeylardan iborat. 

Ovozli yordamchi tizimlar sizni joylashgan manzilingiz, vaqt hamda yo‘ldagi holat bilan tanishtirib boradi. Shuningdek, ma’lumotlar avtomobilning siz xohlagan oynasida ham aks etishi mumkin.

Mercedes-Maybach 6 kabrioletida 4 ta ixcham, baravar ishlaydigan elektrodvigatellar o‘rnatilgan. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga qaraganda, elektrokardagi akkumulyatorda tezkor quvvat olish texnologiyasi tatbiq qilingan. 

To‘liq quvvat bilan 500 km masofani bosib o‘tish salohiyatiga ega Mercedes-Maybach 6 Cabriolet o‘z quvvatini 5 daqiqada to‘ldirib oladi.          

Kabinaning old qismidagi ko‘k rangli optik tolali simlaridan o‘tadigan elektr oqimi avtomobildagi quvvat sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotni yetkazuvchi indikator hisoblanadi.    

Mercedes-Maybach 6 Cabriolet jihatlari:

Dvigatel kuchi – 750 ot kuchi;

Tezlikni 100 km/s.ga oshirish -  4 sekund;

To‘liq quvvat bilan bosib o‘tadigan masofasi – 500 km.

Yangi avlod Mersedesining sotuvga chiqarilish vaqti hamda narxi hozircha ma’lum qilinmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!