Mi 5X: arzon beillat bo‘lar – Toshkentga yetib kelgan "Xiaomi"ni "kashf qilamiz"

Mi 5X: arzon beillat bo‘lar – Toshkentga yetib kelgan

Kirish

Xitoyning 300 dan ziyod smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ayni kunda sayramiz aholisining smartfonga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun tinmasdan turli-tuman, parametrlari har xil smartfonlar ishlab chiqarishga mukkasidan ketganlar. Flagmanga xos kamera va dizayn, shu bilan birga hamyonbop narxli Xiaomi Mi5X smartfon sanoatining yangi davrini boshlab berdi. Gadjetning bozordagi ahamiyati uni raqiblari bilan taqqoslab, yaxshilab o‘rganib ko‘rganda ma’lum bo‘ladi.

26 iyulda taqdim qilingan Xiaomi'ning hamyonbop smartfoniga ekspertlar "iPhone 7 Plus'ning arzon talqini" deb nom qo‘yishdi. Boshqalarning fikricha esa bu devays Xiaomi Mi6'ning soddaroq versiyasi. Shu bois ham, qisqa fursat ichida bu smartfonni xarid qilish istagida bo‘lganlar soni yarim milliondan oshgan.

Gadjet ayni paytda flagman smartfonlarda tatbiq qilinayotgan qo‘sh ob’yektivli bosh kamera texnologiyasi joriy qilinganligi bilan o‘ziga xos. Xiaomi Mi 5X kamerasi imkoniyatlariga ko‘ra, kompaniyaning so‘nggi Xiaomi Mi 6 flagmaniniki bilan bir xil: 12+12 MP sensorli bosh kamera. Ya’ni, iPhone 7 Plus flagmanida joriy qilingan kamera texnologiyasi amalda.

Qadoqni ochamiz

Bu yerda hammasi ixcham:kabel, skrepka va zaryadka. Diqqat qiling, quvvatlash vilkasi xitoycha. O‘zimizga to‘g‘ri keladigan perexodnik xarid qilish kerak bo‘ladi.

Dizayn va ergonomika

Tashqi ko‘rinishdan Xiaomi Mi 5X o‘zining Xitoydagi ashaddiy raqibi Oppo R11'ga o‘xshab ketadi. Shu bilan birga, u OnePlus 5'ning ham "egizagi"ga o‘xshaydi. Ya’ni, uning dizayneri Apple iPhone 7 Plus'dan qattiq ta’sirlangan. Qimmatbaho ko‘rinishdagi arzon smartfon ishqibozlari uchun Xiaomi Mi5X ayni muddao.

Xiaomi Mi5X smartfoni korpusi to‘liq metalldan ishlangan va bu korpusga qayta ishlov berilishi natijasida u barmoq izlariga o‘ch emas. Mi5X yengi va yupqp bo‘lgani bois kaftda undan bemalol foydalanish mumkin. Uning korpus qalinligi 7,3 mm, vazni esa 165 gramm. Xiaomi Mi5X qora, tilla va pushti rangli korpuslarda ishlab chiqarilmoqda.

Xiaomi Mi5X'ning romlari ham nafis va yupqa. Korpusning yig‘ilishiga gap yo‘q: "shyaomicha" sifat!

O‘lchamlari: 155,4 x 75,8 x 7,3 mm, vazni — 165 gramm.

Old panelda 5,5 dyuymli FullHD displey,ekran yuqorisida oraliq-masofa datchigi, 5 megapikselli old kamera moduli va suhbat dinamigi mavjud.

Ekran quyisida standart 3 sensorli, ostki yoritish chirog‘iga ega tugmalar mavjud.

Mi5X'ning orqa paneli yuqorisida antenna uchun arkasimon, ko‘zga yarq etib tashlanmaydigan plastik uloq bor.

Qo‘sh sensorli bosh kamera chap tomon yuqori burchakdan o‘rin olgan. Bu yerda 2 tusli fotochaqnoq ham bor. Kamera ob’yektivlari korpusdan bir oz bo‘rtib chiqqan. Sayqallangan metall halqa bilan o‘ralgani bois, smartfonni yuzaga qo‘yganda bu modullarga zarar yetmaydi.

Shuningdek, barmoq izlari skaneri ham orqa paneldan joy topgan. Bu datchikning ishlashi tez va barmoqni yengil bosganda ham, zudlik bilan tekshiruvdan o‘tkazadi.

Portlarning o‘rnashuvi ham Xiaomi smartfonlariga xos. Uydagi texnikalarni masofadan boqsharish mumkin bo‘lgan infra-qizil port tomda, USB Type-C va 3,5-mm audio-port — quyida. Sim-karta va boshqaruv tugmalari korpusning yon tomonida.

Tom qismida yana shovqinni kamaytiruvchi mikrofon ham bor.

Sim-karta uchun bo‘lmachalardan biriga xotirani kengaytirish uchun fleshka joylashtirish mumkin, ya’ni gibrid bo‘lmacha. Bu yechim 99% hamyonbop smartfonlarda tatbiq qilinadi.

Ekran

Yuqorida qayd etganimizdek, Xiaomi Mi5X 5,5 dyuymli FullHD displey bilan ta’minlangan. LTPS matritsali ekran. Bu Xiaomi smartfonlarida o‘rnatilgan eng yaxshi ekran bo‘lmasa ham, ammo yetarli darajada sifatli. Displeyning rang-tasvir uzatishi yaxshi, tasvir har tarafdan qaraganda yaxshi ko‘rinadi. Bu ekranni Xiaomi Mi Max 2 ega bo‘lgan ekran bilan solishtirish mumkin.

Ekranda yog‘-dog‘ga qarshi va shu’lani qaytaruvchi maxsus plyonka qoplamasi ham mavjud.

2.5D effektli shisha qoplamaga ega displeyning har bir dyuymidagi piksellar miqdori 403 ta, rangli haroratni sozlash ham mumkin, shuningdek ko‘zni himoya qiluvchi rejim ham tatbiq qilingan. Bu rejimni muayyan jadvalga muvofiq, kunning muayyan qismi, misol uchun tungi vaqtga ham belilab qo‘yish mumkin.

Ekranni 2 marta yertib ham "uyg‘otish" mumkin. Agar siz barmoq izlari skaneridan foydalanmas ekansiz, bunday usuldagirazblokirovka qulay.

Platforma samaradorligi va aloqa imkoniyatlari

Xiaomi Mi 5X apparat ta’minoti uchun 1 kristalli, 14 nanometrli yangi Snapdragon 625 chipi, 4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotira tanlangan. Bu chipning chastota tezligi 2,0 GGs.ga yetadi. Unga yordamchi sifatidaAdreno 506 video-kartasi va X9 LTE aloqa modemi o‘rnatilagin hisobiga, smartfon tasvirni yaxshi ishlab, foydalanuvchini sifatli aloqa bilan ta’minlaydi.

Umuman olganda, o‘rta narxli smartfonlarda o‘rnatilgan bu protsessor ishonchli va uning imkoniyatlari yuqori. Samaradorlik bo‘yicha smartfonning ishlashiga gap bo‘lishi mumkin emas.

Grafikaga boy o‘yinlarni o‘ynaganda ham, Mi5X o‘zini ko‘rsatadi.

Operatsion tizim masalasida esa, smartfon MIUI 8 tizimida ishlaydi. Hozircha ingliz tilida bu tizimdan foydalanish mumkin.

Xiaomi Mi 5X simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11ac (2,4/5 GGs) va Bluetooth 4.2, GPS/GLONASS, infra-qizi nur porti standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Unga universal USB Type-C porti o‘rnatilgan.

Akkumulyator

Xiaomi Mi5X akkumulyatorining sig‘imi o‘rtacha -- 3080 mA soat. Biroq, quvvatni tejaydigan protsessor xizmatlari evaziga smartfon bir martalik quvvatdan keyin kechgacha bemalol "yashaydi".

5V 2A standartidagi zaryadka tezkor quvvat olish texnologiyasiga ega bo‘lmagan. Nazariy jihatdan Mi5X protsessori tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, Xiaomi Mi5X akkumulyatori to‘liq quvvat olishi uchun 123 daqiqa kerak bo‘ladi.

Kamera

Gadjetda ayni paytda flagman smartfonlarda tatbiq qilinayotgan qo‘sh ob’yektivli bosh kamera texnologiyasi joriy qilingan. Ya’ni, bugungi so‘nggi kamera trendi amalda. Xiaomi Mi 5X kamerasi imkoniyatlariga ko‘ra, kompaniyaning so‘nggi Xiaomi Mi 6 flagmaniniki bilan bir xil. Yagona farq unda OmniVision OV12A10 + OV13880 sensorlari o‘rnatilgan.

Ya’ni, bosh kamerada 2 ta 12 megapikselli (telefoto (f/2,6) va keng burchakli (f/2,2)) modullar o‘rnatilgan. Bu kamera texnologiyasi yordamida ob’yektni yaqinlashtirish va g‘ira-shira fonli portret suratga olish mumkin.

Kamera tezkor fazali avtofokus tizimi hamda 2 tusli svetodiodli fotochaqnoq bilan ta’minlangan. Ishlab chiqaruvchi avval xabar qilganidek, Xiaomi Mi 6 kabi, Mi 5X kamerasi ham orqa fonni g‘ira-shira qilib oluvchi portret janriga ega bo‘lgan.

Old kamera esa 16 megapikselli Full HD video (sekundiga 30 ta kadr) tasvirga oluvchi datchigi bilan o‘ziga xos.

Olingan suratlar sifati Mi 6 kamerasiniki bilan bir xil. Umuman olganda, nihoyat, arzon smartfon ham kuchli flagman kamerasiga ega bo‘lgan.

Quyidagi suratlarni tomosha qilib, Mi 5X kamerasiga baho bering.

Ishlab chiqaruvchi e’lon qilgan olgan suratlar: 

Raqiblari

Xiaomi kompaniyasi shu qadar ko‘p hamyonboplarni terib tashladiki, hamyonbop gadjetlar orasida uning o‘zining smartfonlari bir-birlari bilan kurash olib bormoqdalar. Xiaomi Mi5X budet mahalliy bozorda Oppo R11 va Vivo X9 smartfonlariga qarshi kurashadi. Tashqi bozorda esa250-280 dollarlik smartfonlar uning raqiblari.

Misol uchun, 300 dollardan boshlab sotiladigan LG Q6 2K displey, biroq ancha kuchsiz Snapdragon 435 protsessoriga ega.

Xiaomi va Google kompaniyalari shu yilning 5 sentyabrida taqdim qilgan Xiaomi Mi A1 ko‘rinish va texnik jihatdan Mi5X bilan bir xil. Yagona farq – u ishlab chiqaruvchining MIUI proshivkasi emas, Google'ning Android One tizimiga ega bo‘ladi. Xiaomi Mi A1 — Xiaomi'ning Android One tizimida taqdim qilingan ilk smartfoni. Smartfon Google'dan yangilanishlarni muntazam olib turadi. Xiaomi Mi A1’ning 4+64 GB talqini 12 sentyabrdan 230 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Xulosa

Xiaomi Mi 5X 1 avgustdan boshlab $223 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Xiaomi Mi5X smartfoni haqida o‘rganish jarayonida bu gadjet tashqi ko‘rinishi va ichki imkoniyatlari bilan smartfon bozorining hamyonbop gadjetlari orasida oldi-devays ekaniga guvoh bo‘ldik. U hattoki 400 AQSh dollar turadigan ba’zi o‘rta narxli telefonlar bilan ham kurasha oladi. Smartfon AliExpress savdo platformasida ham sotilmoqda, O‘zbekistonga endi sanoqli kirib kelayotgan "aqlli telefon" hozircha o‘rtacha 300 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

olx.uz 295 АҚШ доллари Sotib olish
Aliexpress 217 АҚШ доллари Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!