Mi 6X taniqli do‘kon katalogida paydo bo‘ldi

Mi 6X taniqli do‘kon katalogida paydo bo‘ldi

Oppomart bugungi kunda jahonning taniqli elektron do‘konlaridan biri hisoblanadi. Smartfon sanoatida taqdim qilingan va sotuvga chiqarilishiga oz qolgan yangi mobil aloqa qurilmalari ko‘p o‘tmasdan mazkur savdo platformasi katalogida paydo bo‘ladi.

Kecha ushbu do‘konning elektron peshlavhalarida Xiaomi hali taqdim qilmagan Mi 6X smartfoniga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu smartfon qo‘sh sensorli bosh kamerasi hamda romsiz ekrani bilan o‘ziga xosdir.

Oppomart internet-magazinida yozilishicha, Xiaomi Mi 6X smartfoni apparat ta’minoti uchun firmaning o‘zi ishlab chiqargan 8 yadroli Surge S2 protsessori mas’ul bo‘ladi. Mazkur chip bundan bir necha oy avval, aniqrog‘i shu yilning yanavrida taqdim qilingan edi.

Hozirgacha ma’lum xabarlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 6X smartfonidagi 5,99 dyuymli IPS-ekran sig‘imi 2160 ga 1080 pikselli (FHD+) bo‘ladi. Bu ekran ham zamonaviy ko‘rinishda, ya’ni 18:9 o‘lchamida ishlanadi.

Xiaomi Mi 6X modeli 4 gigabaytli tezkor hamda 64 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Bosh kameraga 2 ta 12 megapiksel aniqligidagi kamera modullari hamda 8 megapiksel aniqligidagi kamera o‘rnatiladi. Telefonda, shuningdek universal USB Type-C porti bo‘lib, uning yordamida devaysning 4000 mA soat sig‘imli akkumulyatorini tezkor quvvatlash mumkin.

Ahamiyatli jihati, Xiaomi Mi 6X ko‘rinishidan iPhone X apparatini ham eslatib yuboradi. Biroq, uning "peshonasi"da mashhur o‘yiq yo‘q. Shu bilan birga, metalldan tayyorlangan orqa panelda barmoq izi skaneri bor.

Xiaomi Mi 6X qadoqdayoq Android 8.1 Oreo'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 proshivkasida ishlaydi. Smartfonning 283 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!