Mi MIX 2 iPhone 8'dan bir kun avval taqdim qilinadi

Mi MIX 2 iPhone 8'dan bir kun avval taqdim qilinadi

Romsiz Xiaomi Mi MIX 2 smartfoni 11 sentyabrda, ha, iPhone 8 taqdimotidan bir kun avval taqdim qilinadi.

Xiaomi kompaniyasi Weibo tarmog‘idagi sahifasida yangi romsiz mobil telefoni taqdimotining o‘tkazilishiga ishora qiluvchi e’lonni chop etgan. Bir muddat avval fransiyalik dizayner Filipp Stark Mi Mix 2 konsepsiyasini e’lon qilgan va Samsung dizaynerlari smartfonda bu qadar ingichka romning bo‘lishini rad qilishgan edi.

Kompaniyaning "sirli" usulda ma’lum qilishicha, Xiaomi Mi MIX 2 flagmani 11 sentyabrda, soat 14:00 da Pekindagi Texnologiya universitetida namoyish qilinadi. Smartfon 12 sentyabrda 600 dollardan boshlab sotuvga chiqariladi. Uning yuqori talqini $750 dollardan sotiladi.

Xiaomi Mi MIX 2 Qualcomm Snapdragon 835 flagman protsessoriga va 6 yoki 8 GB operativ xotiraga, blokirovkadan chiqarish uchun qiyofani tanish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Mi MIX'ning silliq LCD-displeyiga ega ilk avlodidan farqli ravishda, yangi avlod cmartfoni 6 dyuymli qayrilma AMOLED displey bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, Japan Display ishlab chiqargan ekran old panelning 91,3% emas, 93% qismini egallab oladi. Ba’zi manbaalarning guvohlik berishlaricha, bu 95% gacha yetishi mumkin.

Shuningdek, apparatning 12 megapikselli bosh kamera (Sony IMX386), 8 Mp sig‘imli old kameraga, ekranga o‘rnatilgan barmoq izlari skaneriga, chang va suvni o‘tkazmaydigan korpusga, tok sig‘imi 3400 mA*soat bo‘lgan akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!