Micromax Canvas Infinity — $150 dollarlik hamyonbop romsiz

Micromax Canvas Infinity — $150 dollarlik hamyonbop romsiz

Romsiz smartfonlarning jozibadorligi qanchalar yuqori bo‘lmasin, ularning noqulay jihatlari ham bor. Biroq, yirik ekran ishqibozlari uchun bir necha millimetrli rom ham ahamiyatga ega. Bugun romsizlikning "oltin davri" endigina boshlandi. Ishlab chiqaruvchilar esa eng yupqa ramkali smartfon yaratishga mukkasidan tushib ketishgan. Ulardan orqada qolishni istamagan Micromax kompaniyasi ham yirik formatli Canvas Infinity romsiz smartfonini taqdim qildi.

Micromax Canvas Infinity smartfoni tomonlarining nisbati 18:9 ga teng. 5,7 dyuymli displeyga ega smartfon ekranining piksellar sig‘imi 1440x720 belgiga teng. Ekran yuzasi 2.5D shaklidagi himoya shishasi bilan qoplangan.

Micromax Canvas Infinity ko‘rinishidan xushbichim flagman bo‘lsa ham, unga o‘rta narxli smartfonlarga o‘rnatiladigan, 4 yadroli Snapdragon 425 protsessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira o‘rnatilgan.

Micromax Canvas Infinity 16 Mp, f/2.0 optik linzali old kamera hamda 13 megapikselli bosh kameraga ega bo‘lgan. Smartfonda 128 gigabaytgacha xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydigan microSD bo‘lmachasi, barmoq izlari skaneri, tok sig‘imi 2900 mA soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan.

Smartfon Android 7.1.2 Nougat boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, smartfon tez orada Android 8.0 Oreo'ga yangilanadi.

Micromax Canvas Infinity 1 sentyabrdan $156 dollar bahosida sotuvga chiqariladi.