Micromax X1i: 3 karra arzon “hindcha Nokia 3310”

Micromax X1i: 3 karra arzon “hindcha Nokia 3310”

Hindistonning maishiy texnika va elektronika vositalari ishlab chiqaruvchi Micromax kompaniyasi X1i 2017 telefonini sotuvga chiqardi. Tashqi ko‘rinishidan mashhur Nokia 3310 telefonini eslatib yuboradigan mobil aloqa vositasi bozorda 20 dollardan sotilmoqda.

Micromax X1i aloqa vositasi ham Nokia 3310 kabi 2.4 dyuymli displeyga ega. 2.4 dyuymdagi piksellar sig‘imi 320 x 240 belgiga teng. 2 ta sim-kartali telefon 2G aloqa tarmog‘ida ishlaydi. Smartfonga 0.8 megapikselli orqa kamera, 1300 mA soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.

Micromax X1i’ning tezkor xotirasi 32 megabayt, doimiy xotirasi 8 gigabayt. Korpusda Micro USB porti mavjud. Micromax X1i 2017 58 gramm tosh bosadi. Eslatib щtamiz, ayi paytda Nokia 3310 jahon bozorida 65 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!