Microsoft endi Android uchun launcher yasadi

  •   DiMaX
  •  1782
  •  07.10.2017 17:01

Microsoft endi Android uchun launcher yasadi

O‘zining mobil platformasini to‘xtatgach, Microsoft korporatsiyasi smartfonlar bozoriga boshqa eshikdan kirishga urinmoqda. Ya’ni, u Android-qurilmalar uchun Microsoft Launcher qobiq-ilovasini yaratdi.

U qanday ishlaydi?

Microsoft Launcher’ning asosiy o‘ziga xosligi – bu Continue on PC funksiyasidir. Bu funksiya Android foydalanuvchilariga o‘z smartfonida boshlagan ishlarini – fotosuratlarni ko‘rish, hujjatlarni tahrirlash, saytlarni o‘qish kabilarni shaxsiy kompyuterda davom ettirish imkonini beradi. Uning ish tamoyili macOS operatsion tizimidagi Handoff ish prinsipiga o‘xshashdir.

Agarda siz OneDrive, Office va Outlook kabi Microsoft servsislaridan tez-tez foydalanaib turadigan bo‘lsangiz, yangi funksiya sizga juda katta qulaylik tug‘diradi. Continue on PC funksiyasini qo‘llab-quvvatlash 17 oktyabrda, Windows 10 Fall Creators Update yangilanishi bilan birga taqdim etiladi.

Ko‘rinishi qanaqa?

Microsoft Launcher  – judayam o‘ziga xos va lo‘nda ilova bo‘lib, boshqa launcherlardan yaqqol ajralib turadi. Smartfonning asosiy ekranida Microsoft Launcher tanlangan kontaktlarni va ular bilan bog‘lanish vositalarini ko‘rsatadi. Boshqa ekranlarda esa kalendar, topshiriqlar ro‘yxati hamda The Feed aqlli tasmasi ko‘rinadi. The Feed’da tanlangan ilovalar, yangiliklar va eslatmalar ko‘rsatiladi.

Aytish kerakki, foydalanuvchi interfeysni o‘ziga moslab sozlab olishi ham mumkin. Ekranlardagi ob’yektlarning o‘rnini almashtirish, ranglar palitrasini va xarakatlar bilan boshqarish tizimini o‘zgartirish mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda, Microsoft Launcher bu – ikki yil avval korporatsiyaning sho‘’ba kompaniyasi Microsoft Garage tomonidan ishlab chiqilgan Arrow Launcher’ning ko‘rinishi o‘zgartirilgan talqinidir.

Microsoft Launcher’ning beta-talqinini ko‘chirib olish uchun mana bu havola orqali Google Play’ga o‘tishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!